www.ziyouz.com kutubxonasi
3
qudrat va g‘oya u kishini bunday jasoratga boshlagan? Nega boshqa ziyolilarimiz shu
paytda bu to‘g‘rida fikr yuritishga jur’at etolmaganlar? Ular o‘z boshlarini asrab, turmush
rohatini ko‘zlab, qanday qullikda, mutelikda, kimlarning tobeligida hayot
kechirayotganliklarini anglashni istamadilar.
Bulardan farqli o‘laroq, bobomlardagi birinchi quvvat ummoni haqiqiy islomiy iymon
etiqodi va haqqoniy hur fikrligi bo‘lsa, ikkinchi ulug‘ manba ul zotning Vatan va millatga
bo‘lgan cheksiz muhabbatidir.
Bobomlar yozadilar: «Umrim ichida qanchalik og‘ir ishlarni, ko‘p qo‘rqinchlik kunlarni
boshimdan kechirdim. U chog‘da ko‘nglimdagi iymon e’tiqodim, Allohga va uning haq
payg‘ambari Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbatim, men uchun eng kuchlik
ishonchim va eng ortiq suyanchim edi. ...Iymonlik kishilarga har vaqt bu ulug‘ davlat
nasib bo‘lg‘usidir».
«Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi degan xato
fikr oqillar oldida emas, jahon bo‘yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din
poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur. Hozirgi
taraqqiyot islom axloqi asosida olib borilsa, insonlar uchun eng foydalik madaniyat
bo‘lishida shak yo‘qdir. Umuminsoniy haq huquqlar butun xalq oldida, ayniqsa, hukumat
doiralarida qonuniy ravishda himoyalanib saqlanar ekan, o‘shandagina madaniyati
fozilaga erishiladi. Shu kunlarda ustimizda hukmron bo‘lgan dinsizlar madaniyati ersa
fosiq
madaniyat deyiladi. Bunday madaniyat insonlarni ham axloqiy, ham ruhoniy
fazilatlaridan butunlay ajratadi».
Vatanimiz, millatimiz yuz yildan ortiq bosqinchilar qo‘lida, mustamlaka zulmi ostida
yotganining asosiy sabablari xonliklar davrida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan
ittifoqsizlik; dinni asosi bilan tushunmagan ilm madaniyat dushmanlari hokimiyat
tepasida bo‘lishi; mamlakat mudofaa quvvatiga ahamiyat berilmagani; xalqimizning
xurofot zulmati va jaholat botqog‘iga butunlay botganligi; zamonaviy fan ilmlarini o‘qish
va o‘qitish ishlariga e’tibor bo‘lmaganligi haqida bobomlar kuyinib gapiradilar.
«Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi?
Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm madaniyat dushmanlari hokimiyat
tepasida bo‘ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum,
zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa
bog‘lamadilar, o‘qish o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun
Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish
imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar
sababchidur». «Bular Vatan va millat oldida eng kechirilmas jinoyatchi odamlar, chunki
davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka olib keldilar».
«Hozirgi madaniyat olamida millatning o‘z xuquqini saqlash sharafi uning qurol
kuchigagina bog‘lanmishdir. Shuning uchun to‘liq mudofaa kuchiga ega bo‘lmagan
millatlar insoniy huquqlaridan butunlay ajrab, hayvonlar qatorida xo‘rlik bilan
yashamoqqa majburdirlar». «Shunga ko‘ra, Vatan bolalari oldimizdagi kelajak kunlarni
eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros o‘z Vatanlarini
egallash uchun mudofaa quvvati tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar».
Kitobda hozirgi zamon ilm-fanini tirishib o‘qish, zamonaviy texnika va texnologiya
hunarlarini yaxshi o‘zlashtirish bilan bir qatorda, xalqning milliy hissiyotini ko‘tarish, o‘z
ona tilini saqlash, adabiyotini yuksaltirish bizni millat sifatida yutilib ketishdan to‘g‘on
kabi asraydigan zarurat ekanligi uqtiriladi: «Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan
bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda
yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta sopini o‘zimizdan chiqargandek, yov
qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid