Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
mavjud bo‘lib, bu yerda biz yoshlar har haftada ikki marta yig‘ilar edik. Arab tili va islom 
dini asoslaridan saboqni, milliy tariximizdan darslarni, axloq-odob, inson haq-huquqlari 
to‘g‘risida birinchi tushuncha va ma’lumotlarni u kishidan shu paytda uqqan edik. 
Bobomiz biz uchun ma’naviyat, tarix va milliy qadriyatlarimizning tirik qomusi; har 
qanday mushkulot yechimini topa oladigan dono murabbiy zamonamiz tuzumi, siyosati 
haqida bor haqiqatni to‘g‘ri so‘zlovchi botir inson edilar. Ul zot islom dini, o‘tgan 
ulug‘larimiz, milliy qadriyatlarimiz, Vatan va millat haqida gap ketganda g‘oyatda 
to‘lqinlanib, behad g‘urur bilan so‘zlardilar. Notiqlikda oldiga tushadigani kam topilardi. 
So‘zlaganlarida nuroniy yuzlaridan hamisha yog‘du taralib turar edi. Darslarda bizga 
nihoyatda samimiy muloqotlari ohangrabodek ta’sir etardi va hayajonli taassurot 
qoldirardi. Yoshlikdan ilmni qunt bilan o‘rganish lozimligini aytib, «Yoshlikda egallangan 
bilim toshga o‘yilgan naqshdur», «Ong yo‘q joyda jasorat bo‘lmaydi», «Bu dunyoda hech 
narsa tan-sog‘liqqa yetmas» kabi shiorlarni ko‘p eshitar edik. 
Milliy tarix darslaridan birida shunday deganlar: «Insonlar o‘z hayotlarini ongli 
ravishda tushunib turishlari uchun dunyo ilmlari ichida boshqalardan ko‘ra tarix ilmiga 
hojatlari ayniqsa ko‘pdur. Shuning uchun har davrning dono olimlari tarafidan bu 
to‘g‘rida bek (ko‘p) kitoblar yozilmish ekandur. Tarix demak, o‘quvchilarning ko‘z 
oldilariga qo‘yilgan bir ko‘zgu kabi bo‘lib, unga qaragan kishilar esa yuz-ko‘zlariga 
yuqqan yomon narsalarni ko‘rar ekanlar, albatta, undan o‘zlarini tozalaydilar. 
Shunga o‘xshash, o‘tmishdagi ota-bobolarning oynaklarini keyingi bolalari qo‘llariga 
olib qarasalar, o‘zlarining kim ekanliklarini, endi kim bo‘lg‘onliklarini shu ko‘zguda ochiq 
ko‘radilar. Mehribon ona Vatanlari bosqinchi oyoqlar ostida depsalib, ingrab yotqonlig‘ini 
ko‘rgach, uning sabablarini tekshirishga kirishadilar. Ongsizlik o‘lim uyqusida yotgan bir 
millatni uyg‘otish uchun o‘tmishdagi ota-bobolarining shonlik tarixini bilishdan ortiq 
narsa yo‘qdir. 
Bu ilmdan kutilgan asosiy maqsadlar bir davlat qurilgandan so‘ngra, u qaysi ishlar 
bilan taraqqiy topib rivojlanmishdur, yoki inqirozga uchrab zavol topishi nima sababdan 
bo‘lishidur. Chunki dunyoda o‘tgan, yo o‘tmoqda bo‘lgan yaxshi-yomon ishlar paydo 
bo‘lishining, albatta, sabablari bordur. Hayot olamida hech narsa sababsiz yuzaga 
chiqishi mumkin emasdur. Masalan, ilgari butun dunyoga nomi chiqqan, tillarda doston 
shu O’zbekiston bizning suyukli ona Vatanimiz nega qo‘limizdan chiqdi? Biz Turkiston 
xalqi o‘z davlatimizdan nega ajradik? Mana bularning sabablarini ko‘rsatish tarix ilmining 
asosiy vazifasidur. 
Yana bir darsda aytganlari: Kelajakka faqat o‘tmish yo‘l ko‘rsatadi. Tarix shuni 
bildiradiki, ikki buyuk qo‘shni davlat bilan olib boriladigan yaxshi, o‘zaro manfaatli 
siyosat yetarli emas. Chunki ular har doim Turkistonga o‘z manfaatlari bo‘lgan muhim 
o‘lka sifatida qarab ish yuritishgan. Shu sababli asosiy masalalarda hamisha til topishib, 
Turkiston taqdirini o‘z manfaatlari yo‘lida hal qilishgan. Masalan, Sharqiy Turkiston 
xalqining ozodlik uchun olib borgan kurashi bu davlatlar manfaatiga zid bo‘lganligi 
sababli qurbon qilindi. Yoki Turkiston xalqi o‘zining qaysi tub manfaatlarini ko‘zlab, 
Ikkinchi jahon urushida shuncha ko‘p qurbonlar berdi? 
Yer kurrasining imkoniyati chekli bo‘lishiga qaramay moddiy ehtiyoj keskin o‘sib 
borayotgan XX asrda millatlar taraqqiyoti va taqdiri ko‘proq qudratli davlatlar siyosati va 
manfaatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli Turkiston o‘lkasida uchinchi bir buyuk davlat 
manfaatini yaratish zarurati bor. Ravshanki, muhim masalalarda uch davlatning hech 
biri birortasining bir tomonlama manfaatdor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shunda tadbirli 
siyosat yurgizuvchi kichik davlat, albatta, uning manfaatini ko‘proq ko‘zlab ish 
tutayotgan davlat tomonida bo‘ladi». 
Shu tartibda biz bobomizning «Tarixi Muhammadiy» qo‘lyozma asari orqali islom dini 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin