www.ziyouz.com kutubxonasi
4
etilgan vatan o‘g‘illarining qo‘llari bilan vatan ahllarini ko‘mishga chuqur qaziladi
demakdip.
«...Milliy hokimiyatimizdan hozircha ajrab turgan bo‘lsak ham, milliy hissiyotimizdan
ajramay, uni saqlay olsak, kelajakda dushmanlarga yutilishdan o‘zimizni qutqara olamiz.
Endi bu maqsadga yetish uchun qo‘yilgan masalalarning eng birinchi sharti til
masalasidir. Agar biz til adabiyotimizni kengaytirib, uning qadr-qimmatini oshirib,
boshqa madaniy tillar darajasiga yetqizur ekanmiz, mana bu chog‘da millatimiz, milliy
hissiyotlarimiz doimiy ravishda o‘sib saqlang‘usidir. Agar bunday bo‘lmay, balki,
aksincha, o‘z ona tili qadriga yetmasdan unga ahamiyat bermas ekanlar, u chog‘da ko‘p
uzoqlamayoq alvido aytib, o‘z tillaridan abadiy ajragan bo‘ladilar. Shundoq bo‘lib o‘z ona
tilidan ajramoqlik, milliy hissiyotlarini yo‘qotish natijasidir. Bu ish esa insoniyat olami
oldida ulug‘ xiyonat, kechirilmas jinoyat hisoblanadi. Bunday bo‘ldi demak, ulug‘
Turkiston ulusi Turon nasli bosqinchilar tilagicha, qurbon bo‘lgan holda inqirozga uchrab,
Alloh saqlasin, tarix sahifalaridagi shon sharaflik nom nishonlari o‘chiriladi demakdir».
Alixonto‘ra umr bo‘yi Turkiston xalqining ozodligi va milliy mustaqilligi uchun
kurashgan, yoshligida chor Rusiyasiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarda faol ishtirok
etgan, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining 1-Prezidenti va marshal bo‘lgan,
mustabid sovet tuzumining butun kirdikorlarini ilk kunlaridan boshlab tanqid qilgan va
unga qarshi turgan, uning mustamlaka siyosatini qabul qilmagan fidoyi inson edi.
Umrining ko‘p qismini quvg‘inda, qamoqxonalarda, tazyiq va ta’qib ostida o‘tkazdi.
Har davrda «saxovatli» sovet hukumati tomonidan taklif etilgan har xil «in’omlarni»,
jumladan, u kishiga umrbod tayinlangan katta nafaqani, oilasi bilan yashash uchun
ajratilgan katta hovlini, Fanlar Akademiyasiga a’zo bo‘lish taklifini rad etib, o‘z iymon-
e’tiqodiga har doim sodiq bo‘lib qolganlar. U kishi oddiy xalq ichida tanilib, katta obro‘
e’tiborga ega bo‘lganligi uchun sovet tuzumining maxfiy idoralari tazyiq o‘tkazib turgan
bo‘lsa ham, mahkamaga tortish, qamash choralarini qo‘llashga jur’at etmaganlar.
Ul zotning metinday mustahkam iymon-e’tiqodini, Vatanimizga, millatimizga bo‘lgan
chuqur muhabbatini, istiqlolning qo‘lga kelishiga, milliy davlatchiligimizning tiklanishiga
bo‘lgan ulug‘ ishonchini hech narsa buka olmagan. «Biz, O’zbekiston xalqi, haqiqatda
shu vatan ahllarimiz. Inson nasli yaratilib, yer ustiga qadam qo‘ygan kundan boshlab,
bizning ota bobolarimiz shu O’zbekiston o‘lkasida yashab kelgan ekanlar shu
kunlargacha tiriklarimizni bo‘ynida ko‘tarib, o‘liklarimizni qo‘ynida saqlamishdir. Bu
Uzbekiston Vatanimizning bir qatlami biz o‘zbek xalqi ota-bobolarimizning suyaklari bilan
ko‘tarilmishdir. Bo‘ynida ko‘targan, qo‘ynida saqlab oq sut berib tarbiyat qilgan bu
O’zbekiston Turkiston bizning o‘z ona vatanimizdir.
Endi biz shu kungi holimizni yuzaki emas, chuqurroq tekshirib ko‘raylik. Qaysi holda
turamiz, qanday xorlik ostida yashaymiz, hayotimiz ustidan kimlar hukm yurgizib,
takdirimiz kimlar qo‘liga topshirilmishdir? Jannat kabi bog‘i-bo‘ston, noz-ne’matlik
Vatanimizga kimlar ega bo‘lib, ul joylarda kimlar o‘ltiradi? Vatanimiz, boz ustiga mol-
dunyomiz, axloq-odoblarimizdan bizni kim ajratdi? Butun hayot, hosilot, erk ixtiyorimizni
majburiy ravishda qo‘limizdan kimlar tortib oldi?».
«Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lganidek, o‘z hukumatini, Vatanini va
millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilishlik ham farzdir». «Vatanimizni
ozod qilish, o‘z davlatimizni qo‘lga keltirish va uni saqlash uchun, har davrning o‘ziga
yarasha butun sabablarini qilish, Qur’onda aytilgan Alloh amri deb bilishimiz kerak».
«...Payg‘ambarimizning g‘oyibdan xabar bergan mo‘‘jiza so‘zlariga qaraganda va
hozirgi jahon siyosatining ketishicha, oldimizda ulug‘ voqealar bo‘lishi shubhasizdir.
Mana shu kabi buyuk voqealar bo‘lar ekan, dunyo bo‘yicha umumiy o‘zgarishlar bo‘lmay
qolishi mumkin emas. Shu o‘zgarishlar natijasida mustabid tuzumning temir qo‘rg‘onlari