Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
qilganliklari, suyukli Vatanimiz tarixi saboqlari, kelajak bo‘g‘inlar ulardan qanday 
xulosalar chiqarmoqlari kerakligi, Vatanimiz mustaqilligi muqarrar ravishda qo‘lga kelishi 
bashorati, uni mustahkamlash uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi to‘g‘risida chuqur 
o‘y-fikrlar o‘z ifodasini topgan va bayon etilgan. 
Bu asardan ayrim parchalar «Yoshlik» jurnalida (1992 yil, 3 —4-sonlari) va shu yili 
«O’zbegim» kitobida chop etilgan bo‘lib, to‘liq holda u endi birinchi marta kitob shaklida 
keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. 
«Turkiston qayg‘usi» asari 1966 1973 yillarda Toshkentda yoziladi. Bu davrda sovet 
mustabid tuzumi kuch qudratga to‘lgan, o‘z siyosatini zo‘ravonlik bilan nafaqat 
mamlakat ichkarisida, balki uning uzoq tashqarisida ham o‘tkazib turgan payt edi. Shu 
sababli ko‘pchilik ziyolilarimiz hukmron maslakka qattiq ishonib, kechayu kunduz uning 
xizmatida bo‘ldilar. Qanchadan qancha yuksak qobiliyat egalari, iste’dodli shoir va 
yozuvchilarimiz bu soxta mafkura kuychilari, tashviqot va targ‘ibotchilari edi. Ular 
tuzumga to‘g‘ri bo‘lmagan bir og‘iz siyosiy so‘z, mustaqil fikr aytish u yoqda tursin, bu 
to‘g‘rida o‘ylashning o‘zi noto‘g‘ri, telbalik, aqldan emas deb bilishar, boshqalarni ham 
bunga ishontirish uchun barcha minbarlardan bor ras-miy, norasmiy usullar va 
jonfidoyilik bilan harakat qilishar edi. 
Boshqa millat vakillari bo‘lgan inson huquqlari himoyachilari, umuminsoniy qadriyatlar 
targ‘ibotchilari akademik A.Saharov, yozuvchi A.Soljeniqin va shular safidagi boshqa 
mustabid tuzumning zulmini ko‘rgan haqiqat va adolat kurashchilari tarix sahnasiga endi 
birinchi qadamlarini qo‘ymoqda edi. 
Mana shunday muhitda, ya’ni yurtimizda hukm surayotgan ixtiyoriy qullik davrida, 
sobiq qizil imperiya hududida birinchilardan bo‘lib, bobomiz bu tuzum va mafkura tub 
negizi va mohiyati bilan inson tabiatiga, umuminsoniy qadriyatlarga zid, insoniyat 
taraqqiyoti yo‘lining xato ko‘chasi ekanligini asoslab shunday yozadilar: «Hayot olamida 
eng ulug‘, oliy darajalik yaratilgan narsa shubhasiz shu insondir. Shuning uchun inson 
huquqlarini eng yuqori darajada saqlash haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmog‘idir. 
...Madaniyat qaerda, qaysi millatda bo‘lsin, insoniyat haqlarini saqlash uchun hukumat 
qo‘lida adolat quroli bo‘lib turar ekan, ana shu chog‘dagina butun xalq haqiqiy 
madaniyatga erishib, tinchlik bilan rohatda turmush kechira oladi. Buning natijasida 
insoniyat xususiyati bo‘lgan har kimning erk-ixtiyori o‘z qo‘lida saqlanadi. Yer yuzining 
qaysi o‘lkasida bo‘lishni kim tilar ekan, hech qanday to‘sqinlik ko‘rmaydi». 
«Asrimiz boshida chiqqan siyosiy firqalar ichida kommunizm kabi aqldan yiroq, 
xayoliy bir maslak ahli bo‘lgan emas. Mana shu xayoliy maslak egalari 50 yildan beri 
aqldan tashqari tuzumlarini qurol kuchi bilan xalq ustida yurgizib keladilar». 
«...Insoniyat olamining ofati, kufrnifoq madaniyatining zaharlik mevasi hisoblangan 
kommunistlar bozori qanday yerda qizidi? So‘zga tushunmagan, hech narsa bilmagan, 
ayniqsa, yo‘qsillik-kambag‘allikda yashayotgan gumroh, Vatan, millat nima ekanligini 
bilmaydigan ongsiz nodonlar ko‘p bo‘lsa, mana shular ichidagina rivojlanib, tezdan 
ishlari avj oldi». 
«... Hech davrda ko‘rilmagan buzuq, jirkanchli tuzumini bolsheviklar hech kimga 
qabul qildirolmagach, insonning hayotiy yemak ,ichmak, oziq-ovqatlariga osilib, biror 
kishi uyida don urug‘idan ortiqcha hech narsa qoldirmay yig‘ib olishdi. Shu orqalik xalqni 
och o‘ldirish qo‘rqinchi bilan o‘zlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘ldilar. ...Chunki 6u kabi boshi 
tuyuq, qorong‘u ko‘chaga xalqni kirgizish faqat iqtisodiy, siyosiy majburlik orqaligina 
bo‘lishi mumkindir». 
O’sha davrda, Toshkentda yashab turib, maxfiy uy nazorati ostida bo‘lishiga qaramay, 
insonlar haq-huquqi, sovet tuzumi va mafkurasi ustida shu kabi haqiqatni qayg‘urib 
so‘zlash uchun qanday iymon e’tiqod, maslak va irodaga ega bo‘lmoq kerak edi? Qaysi 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin