Эркин иқтисодий ҳудудлар


Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar)



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar) 
faoliyati
 
umumiy maqsadlar uchun 
(foydalanish) tashqi savdo zonasi doirasiga kirmaydigan alohida kompaniyalar uchun 
tashkil etiladi. Unda import o„rnini bosuvchi yoki eksportga yo„naltirilgan 
mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
73
“U.S. Foreign-Trade Zones”. Import Administration. International Trade Administration. January 13, 2013. 
Retrieved 2013-01-20. 


252 
Qonunchilikka ko„ra, bunday hududlar maydoni, haqiqatda, katta hisoblanadi. 
Masalan, foreign trade zone Tacoma (shtat Vashington) maydoni 620 akr (FTZ #86 
brochure - Port of Tacoma)ni tashkil etadi. 
Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar) faoliyati
 
umumiy maqsadlar uchun 
(foydalanish) tashqi savdo zonasidan farqli ravishda faqat bitta foydalanuvchiga 
yo„naltirilgan yirik kompaniyalar manfaatlari uchun tashkil etilgan. 
Bunday zonalar xususiy korxonalarning yig„ish zavodlarini yoki turli xil sanoat 
korxonalarini tashkil etish uchun umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalarni 
boshqarish qaroriga muvofiq yaratiladi. 
Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar)ning mavqei umumiy maqsadlar uchun 
(foydalanish) zona maqomidan keyingi darajada bo„lib, bunday hududlar, qoida 
tariqasida, mavjud ishlab chiqarish obyektlariga beriladi. Subzonalar texnik jihatdan 
umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar tarkibiga kiradi, lekin, geografik 
jihatdan ulardan ancha uzoqda (chetda) joylashgan bo„lishi mumkin. 
AQShda TSHlari (foreign trade zone) bojxona xarajatlarini pasaytirish yo„li 
bilan tashqi savdo faoliyatini faollashtirish uchun tashkil etilgan bo„lib, bunda, eng 
avvalo, avtomobillar ishlab chiqarish uchun uning metallari va komponentlari 
importiga bojxona tariflarini qisqartirishni ko„zda tutadi. 
Bugungi kunga kelib AQShda barcha portlar, aeroportlar, yirik omborxonalar 
TSHlariga aylantirilgan. Bunda ushbu hududlarda hech qanday salbiy holat (ular 
faoliyati bo„yicha) mavjud emas, ular o„z faoliyati davomida faqat o„zlarining ijobiy 
tomonlarini namoyon etib kelgan va tavsiya etib kelmoqdalar. 
Shunday qilib, AQSh iqtisodiyotiga chuqur integratsiyalangan TSHlari ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo„shmoqda. Bu, birinchi navbatda, AQShda 
ishlab chiqariladigan imtiyozli soliq rejimidan foydalanib, milliy kompaniyalarni 
rag„batlantirish orqali AQSh bozorida sotiladigan xorijiy tovarlarga nisbatan 
raqobatbardosh bo„lgan turli xil tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali amalga 
oshiriladi. 
TSHlarining faoliyati, shuningdek, mamlakatdagi investitsiya muhitiga ijobiy 
ta‟sir ko„rsatadi, ishni qisqartirish tendensiyasiga qarshi turadi va tashqi savdoning 
o„sishiga hissa qo„shadi. Ushbu hududlarning roli ham ichki bozor ehtiyojlariga javob 
berishda ham kuchaymoqda – o„tgan asrning 90 yillari boshlarida ushbu hududlarda 
ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan mahsulotlarning 88 foizi sotilgan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin