Эркин иқтисодий ҳудудлар


Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1.
AQShda EIHlarning tashkil qilinishi mamlakatdagi buyuk depressiya
 
davriga 
to„g„ri keladi. Bu davrda mamlakatda ishsizlik juda yuqori darajaga chiqib, bunga 
qabul qilingan Xoul-Smut qonunining
 
1930-yildan 20 mingdan ortiq import 
qilinadigan tovarlar narxining so„nggi 100 yillikdagi eng yuqori darajaga oshirilishiga 
sabab bo„lishini asos qilib keltirish mumkin. Bu esa tovarlar importida yuqori tarif 
stavkasining qo„llanilishi chuqur depressiyaga olib kelgan. Ushbu chuqur 
depressiyadan chiqish uchun 1934-yilda AQShda “Tashqi savdo hududlari 
to„g„risida”gi Qonun qabul qilingan. 
2.
1934-yilda qabul qilingan AQSh “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi 
Qonunining 
asosiy maqsadi 
– muayyan hududlarda bojxona imtiyozlari, shuningdek, 
Buyuk depressiya 
davrida haddan ziyod yuqori bo„lgan ishsizlik darajasini 
pasaytirish yordamida iqtisodiy faollikni oshirish yo„li bilan mamlakatni jahon 
savdosiga chuqurroq jalb etishdan iborat. 
3.
AQShda EIHlarning keng tarqalishiga va rivojlanishiga sabab bo„luvchi 
omillar – ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga berilgan turli xil 
imtiyozlar yordam beradi. Ularning bir qancha qo„llanilish turlari mavjud. Bugungi 
kunda kelib AQShda EIHlarning rivojlanishi natijasida ular mamlakat tashqi savdo 
hajmining 2 % ulushini ta‟minlab kelmoqda. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
AQShda EIHlarning tashil etilish tarixi nimalardan iborat? 


248 
2.
AQShda Buyuk depressiya nomi bilan mashhur chuqur inqirozning sabablari 
va undan chiqish yechimlari haqida nimalarni bilasiz? 
3.
AQShda bugungi kunda tashqi savdo hajmida EIHlar qanday ulushni tashkil 
etmoqda? 
4.
AQShda EIHlarda qanday imtiyozlar amal qiladi? 
5.
AQShda tadbirkorlik hududlari qanday maqsadlarda tashkil etiladi? 
6.
AQShda TSHlari va texnoparklarning ahamiyatini tushuntirib bering. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin