Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

tadbirkorlik hududlari
ham tashkil etilib, ular, 
odatda, ishsizlik darajasi yuqori bo„lgan yirik shaharlarda tashkil etiladi. 
Tadbirkorlik hududlari maydoni 2,5-5 km kv. ni tashkil etadi, ayrim hollarda, 13 
km kv. Maydongacha joyni egallab, bunda chegara belgilanmaydi, aksincha, unda 
joylashgan kompaniya maqomi (statusi) bilan ajralib turadi. 


247 
AQShda tadbirkorlik hududlariga talablar: 
1. Tadbirkorlik hududi tashkil etiladigan tumandagi aholining shaxsiy yoki 
oilaviy daromadi mazkur shahardagi yoki mamlakatdagi o„rtacha daromadning 80% 
idan kam bo„lishi lozim. 
2. Bu tumandagi ishsizlik darajasi mazkur shahar yoki mamlakatdagi o„rtacha 
ishsizlik darajasidan sezilarli darajada yuqori bo„lmog„i lozim. 
Bundan tashqari, XX asrning 50 yillaridan AQShda texnoparklarning vujudga 
kelishi va rivojlanishi kuzatildi. Texnoparklar iqtisodiyot tarmoqlari va shtatlarning 
ilmiy-texnikaviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu sababli 
G„arbiy Yevropa bugungi kunda texnoparklarni tashkil etishga qanchalik e‟tiborni 
kuchaytirmasin, AQSh taraqqiyotidan hamon ortda qolmoqda. Bu esa AQShning 
texnoparklarni tashkil etishdagi erishgan yutuqlarining yuksakligini hamda ularni 
tashkil etishdagi qo„yilgan maqsadlarga samarali tarzda erishayotganligidan dalolat 
beradi. 
Texnoparklar bugungi innovatsion rivojlanish davrida AQSh iqtisodiy o„sishini 
ta‟minlashda muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa uning IT sohasida hamon 
dunyodagi yetakchi raqobatchilardan bo„lib kelishiga sabab bo„lmoqda. 
Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari, tarif, 
tarif stavkasi, depressiya, iqtisodiyot, inqiroz, bojxona ixtisoslashgan hudud, eksport, 
import, tashqi savdo aylanmasi, tovar, ishsizlik. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin