247
AQShda tadbirkorlik hududlariga talablar:
1. Tadbirkorlik hududi tashkil etiladigan tumandagi aholining shaxsiy yoki
oilaviy daromadi mazkur shahardagi yoki mamlakatdagi o„rtacha daromadning 80%
idan kam bo„lishi lozim.
2. Bu tumandagi ishsizlik darajasi mazkur shahar yoki mamlakatdagi o„rtacha
ishsizlik darajasidan sezilarli darajada yuqori bo„lmog„i lozim.
Bundan
tashqari, XX asrning 50 yillaridan AQShda texnoparklarning vujudga
kelishi va rivojlanishi kuzatildi. Texnoparklar iqtisodiyot
tarmoqlari va shtatlarning
ilmiy-texnikaviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu sababli
G„arbiy Yevropa bugungi kunda texnoparklarni tashkil etishga qanchalik e‟tiborni
kuchaytirmasin, AQSh taraqqiyotidan hamon ortda qolmoqda.
Bu esa AQShning
texnoparklarni tashkil etishdagi erishgan yutuqlarining yuksakligini hamda ularni
tashkil etishdagi qo„yilgan maqsadlarga samarali tarzda
erishayotganligidan dalolat
beradi.
Texnoparklar bugungi innovatsion rivojlanish davrida AQSh iqtisodiy o„sishini
ta‟minlashda muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa uning IT sohasida hamon
dunyodagi yetakchi raqobatchilardan bo„lib kelishiga sabab bo„lmoqda.
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar,
tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari, tarif,
tarif stavkasi, depressiya, iqtisodiyot, inqiroz, bojxona ixtisoslashgan hudud, eksport,
import, tashqi savdo aylanmasi, tovar, ishsizlik.
Dostları ilə paylaş: