asosiy maqsadi – muayyan hududlarda bojxona imtiyozlari, shuningdek,
Buyuk depressiya davrida haddan ziyod yuqori bo„lgan ishsizlik darajasini
pasaytirish yordamida iqtisodiy faollikni oshirish yo„li bilan mamlakatni jahon
savdosiga chuqurroq jalb etishdan iborat.
AQShda dastlab TSHlari xalqaro transport yo„nalishlaridagi port hududlarda
tashkil etildi va ushbu hududlarda
pasaytirilgan bojxona bojlari (tariflari) amal
qildi.
2-Jahon urushi davrida mazkur hududlarda ishlab chiqarish, deyarli olib
borilmadi. 1980-yilda AQSh hukumati 1934-yildagi “Tashqi savdo hududlari
to„g„risida”gi Qonunga tuzatishlar kiritdi. Unga ko„ra, TSHlarida ishlab chiqarishda
yaratiladiganqo„shimcha qiymat soliqqa tortish maqsadlarida qo„shilgan qiymat
sifatida hisobga olinmaydigan bo„ldi.
Mazkur tuzutishlarining kiritilishi yuqori daraja va sifatdagi toqarlar ishlar
chiqarilishini va xalqaro savdo hajmining o„sishini ta‟minladi.
Bugungi kunda AQShda 2 turdagi TSHlari faoliyat ko„rsatadi:
-
umumiy maqsadlar uchun zonalar (general purpose zones)
; -
ixtisoslashgan zonalar (maxsus belgilangan subzonalar) (special purpose
subzones).
AQShda EIHlarning keng tarqalishiga va rivojlanishiga sabab bo„luvchi omillar
– ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga berilgan turli xil imtiyozlar
yordam beradi. Buning asosiy afzalliklari:
1 . Bojxona to„lovlari va mahalliy soliqlar, agar ular olinadigan bo„lsa, faqat
tovarlar tashqi savdo hududidan bojxona hududiga olib o„tilganda va ichki iste‟mol
uchun mo„ljallangan (ichki bozorga olib kirilgan) taqdirda to„lanadi.
2. Hududdagi tovarlarga bojxona yig„imlari amal qilmaydi va aksiz solig„i
olinmaydi. Hududdagi kompaniyalar yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy mulki
federal va mahalliy soliqlardan ozod etiladi.