Nazorat uchun savollar: 1.
AQShda EIHlarning tashkil etilish sababi nimalardan iborat?
2.
AQShda EIHlarning qanday turlari faoliyat ko„rsatadi?
3.
AQShda EIHlarning faoliyat ko„rsatish xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
4.
AQShda EIHlarning tashkil etilishi qaysi qonunga asoslanadi u qachon qabul
qilingan?
5.
AQShda EIHlarning tasnifini aytib bering va undagi har bir turga izoh berib
o„ting.
6.
AQShda tashkil etilgan EIHlarning boshda davlatlardagidan farqli jihatlari va
afzalliklari nimalardan iborat?
8.2. AQShda erkin iqtisodiy hududlarning tashkil qilinishi sabablari, tarixi va xususiyatlari AQShda ESHlarini tashkil etishning o„ziga xos sabablari va tarixi mavjud
bo„lib, bu barcha EIHlarni tashkil etishga qiziquvchi davlatlarni qiziqtiruvchi tajriba
hisoblanadi. AQShda EIHlarning dastlabki tashkil etilishi TSHlari tashkil etilishi
bilan bog„liq bo„lib, mazkur TSHlarining yuzaga kelishining esaning o„ziga xos
asoslari va tarixi mavjud.
Dastlabki TSHlarining tashkil etilishi mamlakatdagi
Buyuk depressiya davriga
to„g„ri keladi, ya‟ni dastlabki TSHlari 1934-yilda
Xoul-Smut qonunining salbiy
samaralarini pasaytirish bo„yicha ko„rilgan 2 ta muhim choraning biri sifatida yuzaga
keldi.
Xoul-Smut qonuni 1930-yil 17-iyunda Tarif Aktining senatorlar senatorlar Reed
Smoot va Devid Willis S Hawley tomonidan imzolanishi bilan yuzaga kelgan.
Ushbu harakat AQSh tomonidan 20 mingdan ortiq import qilinadigan tovarlar
narxini oshirdi.
244
1930-yil 17-iyunda Tarif Aktining qabul qilinishi oqibatida:
- AQSh tarixidagi o„tgan va keyingi 100 yillik ichidagi iikinchi eng yuqori tarif
stavkasini keltirib chiqardi;
- boj olinmaydigan importlar uchun o„rnatilgan