243
tadbirkorlik hududlari va ilmiy parklar ham faoliyat ko„rsatib kelmoqda. AQShda
EIHlarni tashkil etishning o„z maqsadlari mavjud bo„lib,
ularning har biri alohida
turlarga bo„lingan tasnifga ham egalar.
2.
AQShda tashqi savdo hududlaridagi 80% xomashyo va yarim tayyor
mahsulotlar AQShning ichki hududlaridan keltiriladi va o„z navbatida, 90%
ishlab
chiqarilgan mahsulot mamlakatning ichki hududlariga yetkazib beriladi. Bu esa
ma‟lum bir hududdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga va aniq bir tarmoqning
rivojlanishiga o„z ta‟sirini ko„rsatadi. AQShda EIHlarning
dastlabki tashkil etilishi
asosida faol rivojlanishi tus olishi bilan alohida ajralib turadi. Bu mamlakatda
ishsizlikning qisqarishi va tashqi savdoning rivojlanishida o„z aksini topgan.
3.
AQShda EIHlarning tashkil etilishining o„ziga xos sabab va tarixi mavjud.
bugungi kunga kelib AQShda EIHlar katta tajribalarni to„plagan va rivojlangan
hududlar sifatida dunyo mamlakatlari uchun muhim tajriba
maktabi hamda tadqiqot
obyekti hisoblanadi. Ularning tashkil qilina boshlashi esa 1930-yillar boshiga to„g„ri
keladi. Mazkur EIHlarning faoliyat ko„rsatilishida 1934-yilda AQShda qabul qilingan
“Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonun muhim ahamiyat kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: