Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, eksport, imtiyoz, savdo, investitsiya, soliq.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
Janubiy Koreyada EIHlar XX asr 70 yillarining boshlarida vujudga kela
boshlagan va bugungi kunda ushbu mamlakatda 4 xil yo„nalishdagi EIHlar faoliyati
tashkil
etilgan.
Ular
Janubiy
Koreya
iqtisodiyotining
sanoatlashuvi
va
modernizatsiyasida muhim o„rin egallab kelmoqda. Ularda, ayniqsa, TMKlar
faoliyatining rivojlanishi o„z samarasini bermoqda.
2.
Tunis Afrikaning EIHlar rivojlanib borayotgan davlatlaridan biri sanaladi.
Unda EIHlarning tashkil etilishi port shaharlarda erkin savdo hududlarining
yaratilishi bilan bog„liq. Bu hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishi qishloq
joylardagi ishsiz aholining o„tgan asrning 80 yillarida port shaharlarga ish qidirib
kelishi natijasida ushbu iqtisodiy muammoni yechishda erkin savdo hududlarining
tashkil etilishi bilan bog„liqdir. Natijada hzirda mamlakatdagi 5 ta savdo portlari eng
zamonaviy kemalar va logistika bilan ta‟minlagan.
3.
“Panama va Malta davlatlarida ham EIHlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga
muhim o„rin egallaydi. Jumladan, o„tgn asrning 80 yillarining boshlaridayoq Panama
EIH xalqaro maydondagi yirik moliyaviy markazlardan biriga aylanib ulgurgan edi.
Shuningdek, Malta chet ellik kemalarni ro„yxatdan o„tkazish borasida jahonda
birinchi o„nlikka kiradi. Bu Malta offshor hududining qanchalik rivojlanganlidigan
dalolat beradi.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarni tashkil etishda qaysi rivojlanayotgan davlatlar tajribalarini o„rganish
muhimroq sanaladi?
2.
Janubiy Koreyada EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish xususiyatlarini
tushuntirib bering.
3.
Tunisda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish xususiyatlarini tushuntirib
bering.
4.
Panamada EIHlarning vujudga kelishi va rivojlanishi qanday omillar ta‟sir
ko„rsatgan?
5.
Maltada EIHlar faoliyati qaysi yo„nalishda tashkil etilgan va sabablari
nimada?
6.
Malta offshor hududi rezidentlar uchun qanday afzalliklarni taqdim etadi?