225
investitsiyalar, nafaqat, to„g„ridan-to„g„ri yo„naltirish shaklida, balki, tashqi qarzlar,
texnologiyalarni o„tkazish shaklida ham kirib kelgan bo„lib, Janubiy Koreyaning
ichki bozorlarini iqtisodiy jihatdan o„sishiga olib kelagan edi. Hozirgi kunda quyidagi
bir qator EIHlar faoliyat ko„rsatib kelmoqda:
- Foreign Investment Zone (FIZ) – xorijiy investitsiyalar hududi;
- Free Trade Zones (FTZs) – erkin savdo hududi;
- Free Economic Zones (FEZs) – erkin iqtisodiy hududlar;
- Jeju Investment Promotion Zone (IPZ) – erkin investitsiyalar hududi.
Shuni ta‟kidlab o„tish kerakki, XX asr 50 yillarida Janubiy Koreyaning sanoati
yetarli darajada rivojlanmagan, taraqqiyot uchun o„z kapitaliga ega bo„lmagan agrar
xo„jalikka asoslangan mamlakat bo„lgan edi. Janubiy Koreya uzoq vaqt mobaynida
o„z mamlakatiga xorijiy investitsiyalarni deyarli jalb qilmasdan kelgan. Mamlakat
hududida xorijiy qo„shma korxonalar bo„lmagan.
Shuning uchun mamlakatga xorijiy kapitalni jalb qilish siyosati amalga oshirib,
chet el kapitalini jalb qilishni rag„batlantirish tizimi ishlab chiqildi. Faqat 1960-yil
“Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to„g„risida”gi Qonun
qabul qilingach sharoit
o„zgardi. Bu investorlarga qator imtiyozlar bergandi. Ammo, bu qonun o„z
imtiyozlarini 10 yildan keyin bera boshladi. 1970-yilda Janubiy Koreyada birinchi
erkin iqtisodiy zona tashkil etildi, bu xorijiy kapital oqimini jadallashtirib yubordi.
Asosiy maqsad, mamlakat iqtisodiyotida faqat eksport uchun ishlaydigan korxonalar
sonini ko„paytirish, mamlakatning agrar rivojlanishda, mehnat ko„p talab qiladigal
sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga erishish edi. Koreyadan o„rganadigan muhim
jihatlardan biri, EIHlardagi korxonalar eksport-import faoliyat uchun litsenziya talab
etilmasligidir.
Xorijiy investitsiyalar o„zi bilan birga zamonaviy menejment va biznes ahloqini
olib kirishdi desak, hech ham mubolag„a bo„lmaydi.
Janubiy Koreyadagi xorijiy
kapital jalb qilishni rag„batlantirish jarayoni 2 bosqichni bosib o„tdi.
Birinchi bosqich 1962-1984 yillarni o„z ichiga olib, bu davrda barcha xorijiy
sarmoyadorlar quyidagi imtiyozlardan keng foydalanishgan. Jumladan, soliq
imtiyozlaridan (bunda daromad solig„i, korporativ va mulk solig„i 50 %
kamaytirilgan), bojxona to„lovlaridan, import qilingan uskunalarga qo„shimcha
qiymat soliqlaridan ozod qilingan edi.
Ikkincha bosqich 1984-yildan to hozirgi kunga qadar davrlarni o„z ichiga olib,
bu davrda yuqori texnologiyali tarmoqlarning rivojlanishini rag„batlantiruvchi soliqqa
tortish tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, soliq imtiyozlari
qatoriga quyidagi
tartiblar ham kiritildi:
1. Daromad solig„i. Ushbu soliq mamlakatda bir yildan ortiq yashagan barcha
aholining umumiy daromadlarini miqdoridan hisoblab chiqiladi. Bunga ko„ra,
qo„shma korxonalarda yoki 100 % xorij kapital asosida qurilgan ishlab chiqarish
korxonalarda mehnat qilayotgan chet ellik fuqarolar daromad solig„idan ozod
qilinadi.
2. Korporativ soliq. Soliqning bu turida 100 % xorij kapitali asosida tashkil
etilgan korxonalar mulk solig„i va korporativ soliq to„lovlarini to„lashdan ozod
qilinadi. 5 yillik muddat davomida qo„shma korxonalarni ushbu soliqlardan ozod
226
qilish xorijiy aksiyadorlar soniga (miqdoriga) qarab amalga oshiriladi. Keyingi 3
yilda soliq 50 % miqdorida soliq to„lanadi.
3. Dividendlar. Dastlabki 5 yil muddat davomida soliqlardan ozod qilinib,
keyingi 3 yil mobaynida 50 % miqdorida soliq to„lanadi.
Shuningdek, mamlakatda xorijiy investorlar to„liq huquqiy himoyalanib,
dividendlarni xorijga to„siqlarsiz o„tkazishi kafolatlangan edi. Janubiy Koreya AQSh
bilan imzolagan kafolatlar to„g„risidagi
kelishuvga binoan, amerikalik investorlar
korporatsiyalarga kiritgan o„z sarmoyalarini, agar bu sarmoyalar Janubiy Koreya
hukumati tomonidan ma‟qullangan bo„lsa, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish
bo„yicha sug„urtalash imkoniyatiga ega bo„ladi.
Ta‟kidlash zarurki, XX asr 70 yillariga qadar Janubiy Koreyada
infratuzilmaning rivojlanmaganligi, TMKlar bilan ishbilarmonlik
aloqalarini olib
borish tajribasining yo„qligi, siyosiy va ijmtimoiy beqarorlik tufayli mamlakatga yirik
ko„lamli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati bo„lmagan. Shuning uchun,
hukumat o„zining tegishli qonunchilik bazasini EIHlar mexanizmiga moslashtirishi
kerak edi.
Hukumatning eksportga yo„naltirilgan tarmoqlariga xorijiy kapitalni jalb qilish
orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlantirish bo„yicha strategiyasi bir qator
o„zgartirishlar kiritdi. Shu sababli Janubiy Koreyadagi EIHlar bo„lib, 1970-yil 1-
yanvardagi EIHlarni tashkil etish bo„yicha hujjat asosida tashkil etilgan va faoliyat
yuritayotgan hududlar imtiyozli boj to„lovlari joriy etilgan EIHlar hisoblanadi. Ushbu
hududalarni yaratish mamlakatning agrar mintaqalarida mehnattalab tarmoqlarni va
milliy eksportni rivojlantirishga yo„naltirilgan edi.
BMTning TMKlar bo„yicha
materiallariga muvofiq, EIHdagi korxona ijaraga
olingan erda (erni sotishga ruxsat berilgan bo„lsa-da) o„z fabrikasiga ega bo„lishi yoki
namunaviy (standart) ishlab chiqarish birligini ijaraga olishi mumkin. Bunda ikkala
holatda ham investor ko„rsatilgan mezonlarga to„g„ri keluvchi to„liq hujjatlar
to„plamini taqdim etishi shart. Ba‟zi hollarda ayrim chetlanishlarga yo„l qo„yilishi
ham mumkin (7.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: