272
bo„linadi. Bunda mamlakatda EIHlarni tashkil etish bo„yicha qo„yilgan
strategik
maqsadlarga erishish, jumladan, ularni har tomonlama rivojlantirish yo„lida bir necha
vazifalarni belgilab oldi. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bosiqchlarida
mamlakatda ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishi uchun qulay sharoitlarni
barpo etishga yo„naltirilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, 200 dan
ortiq qonun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi.
2.
Xitoyda EIHni tashkil etish evolyutsiyasini uch bosqichga bo„lish mumkin:
o„sish polyusi bosqichi (1978-1982 yillar) (davlat
boshqaruvi yetakchilik qildi,
huquqiy asos yaratildi); bir maromda rivojlanish bosqichi (1983-1989 yillar) (tashqi
investitsiyalar ko„plab kiritildi); klasterkash bosqichi (1990-yildan hozirga qadar)
(texnologiyalar innovatsiyasi qo„llanildi).
3.
Bugungi kunda Xitoyda 6 ta yirik EIHlar tashkil etilgan bo„lib, bundan
tashqari, yana boshqa turdagi EIHlar ham faoliyat ko„rsatadi. Xitoyda 1 dollar chet el
investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror
suv va energiya ta‟minoti, shinam turur-joy uchun sarflash zarur bo„lgan.
Dostları ilə paylaş: