289
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan 4 tasi
(Shantou, Shenjen, Chjuxay va Syamen EIHlari)
mamlakatning Janubi-Sharqiy
qirg„oqlarida joylashgan. Mazkur EIHlarda bugungi kunda juda ko„plab qo„shma
korxonalar tashkil etilgan bo„lib, ularda ko„plab ish o„rinlarining yaratilishiga
erishildi. Qolaversa, ularga xorijiy investitsiyalar oqimi yildan-yilga o„sib bormoqda.
2.
Xitoyda Yangi Pudun tumani
Shanxayning tarkibiy qismi sifatida 1990-yillar
boshida tashkil etildi. 1992-yildan boshlab, bu hudud xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish bo„yicha, katta
muvaffaqiyatlarga erishib, bugungi kunga qadar unda
avtomobilsozlik, elektronika, uskunasozlik, telekommunikatsiya, energetika va
yuqori texnologiyalar sohalari rivojlanib bormoqda. Lekin, iqtisodiy tahlilda undan
tashqari faoliyat ko„rsatuvchi 5 ta EIHlar ko„rsatkichlari keng o„rganiladi.
3.
Xitoyda tashkil etilgan yirik EIHlarning har biri
aniq maqsad va ixtisoslikka
ega bo„lib, ular ushbu ixtisoslikda rivojlanishlari uchun xorijiy investitsiyalarni faol
jalb etishga harakat qilib kelmoqda. Ularga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning
aksariyati qo„shni davlatlar hissasiga to„g„ri keladi. E‟tiborli tomoni shundaki, EIHlar
ishlab chiqarishada xizmatlar sohasi yetakchilik qiladi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Xitoyda bugungi kunda nechta asosiy EIHlar faoliyat ko„rsatadi?
2.
Xitoyda dastlabki yillarda tashkil etilgan EIHlarning joylashuv o„rni va
ahamiyaini izohlang.
3.
Xitoyda tashkil etilgan 6 ta EIHning tashkil etilish tarixini tushuntirib bering.
4.
Xitoyda tashkil etilgan 6 ta EIHning
ixtisosliklari va faoliyati
ko„rsatkichlariga izoh bering.
5.
Xitoyda tashkil etilgan EIHlar o„rning yildan-yilga o„sib borishi nimalarda
namoyon bo„ladi?
6.
Xitoyda tashkil etilgan EIHlarni rivojlantirishda qanday muammolar mavjud?
Dostları ilə paylaş: