331
ularning o„rniga o„xshash narsa o„ylab topish zarur bo„ladi”. 80-90 yillarda AQSh
TMKlarining
faoliyati
misolida
soliq
gavanlarining
offshor
mamlakatlar
iqtisodiyotidagi ijobiy ta‟sirini ko„rsatgan edi. Bu holatlarni ushbu mualliflar
birinchidan, TMKni filiallarining bosh kompaniya daromadlariga yuqori xissa
qo„shishi bilan,
ikkinchidan, filallar o„z faolligini offshor moliyaviy markazlarga
yo„naltirib, o„z mamlakati hududini investorlar uchun yanada jozibali qilishi bilan
tushuntiradi. Bir qator mutaxassislar offshor hududlarni soliq raqobatida ishtirok
etishini qoralash mumkin emas, deb hisoblaydi. B.Loginovning fikricha, offshor
hududlar global iqtisodiyotda o„ziniing muhim vazifalarini bajarib, rivojlangan
mamlakatlarning milliy kompaniyalarini faolligini rag„batlantiradi. Bunday
kompaniyalar soliqqa
tortiladigan bazani kamaytirib, ushbu mamlakatlarda ishlab
chiqarish xajmini, bandlikni va boshqalarni oshiradi. Offshor kompaniyalarning
ulkan xalqaro aktivlari faqat ro„yxatdan o„tkazilgan va xalqaro banklarning hisob-
kitoblari bo„yicha qayd etiladi. Amalda esa ularning asosiy qismi rivojlangan va
qisman rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga to„g„ri keladi
106
.
Xaqiqatan ham, faqat soliqdan iqtisod qilish
imkoniyatiga murojaat qilinsa,
ko„pgina rivojlangan mamlakatlar offshor yurisdiksiyalari bilan raqobatda yutqazib,
xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishiga duch kelar edi. Lekin, xammasi, aksincha,
barcha rivojlangan mamlakatlar hozirgi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi
markazlar bo„lib qolmoqda.
Offshor yurisdiktsiyalar amalda onshor yurisdiktsiyalarni almashtirmaydi, balki,
ularni to„ldiradi, ular o„rtasidagi o„zaro munosabatlar dunyodagi umumiy iqtisodiy
faollikni oshiradi. Bundan tashqari, aynan past soliqli yurisdiktsiyalardan foydalanish
yuqori soliq darajasiga ega bo„lgan mamlakatlarda joylashgan kompaniyalarning
faoliyat yuritishiga yordam beradi.
Buning natijasida, turli yurisdiktsiyalarning
raqobati oqibatida ko„pchilik mamlakatlar biznesga soliq yukini kamaytirish bo„yicha
choralar ko„radi. Jahon xo„jaligida yurisdiktsiyalar, shu jumladan, offshor hududlar
o„rtasida, eng avvalo soliqqa tortish va umuman olganda biznes yuritish sharoitlarini
erkinlashtirish borasida raqobat kurashi shubhasiz davom etadi.
Dostları ilə paylaş: