O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM
“SOLIQ HUQUQI” FANIDAN REFERAT
Mavzu:Soliqto’lovchilarningayrimtoifalarigasoliqsolishning o’ziga xosxususiyatlari Bajardi: ST-70-2guruh talabasi Raxmanova F.
Tekshirdi: ___________________. Toshkent – 2021 Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari Reja: Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Dehqon xo’jaliklari va bozorlarga hamda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibi
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni to’lovchilari
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi soliq to’lovchilarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar deyilganda chet davlatning fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar, O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini, yagona soliq to’lovini, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashdan muayyan muddatga ozod qilinadilar.