355
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
Kichik sanoat zonalari – bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga
mo„ljallangan, muhandislik-kommunikatsiya
va infratuzilma obyektlarini, ma‟lum
yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o„z ichiga oluvchi hudud.
O„zbekistonda so„nggi yillarda KSZlarini tashkil etishga katta e‟tibor qaratilib, ular
faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes subyektlarini
jalb etish asosida
investitsiyalash, sanoatlashuv, ish bilan bandlik va modernizatsiyani
rivojlantirishga
erishish maqsadlari ko„zda tutilgan.
2.
O„zbekistonda KSZlarini tashkil etishga bundan bir necha yil oldin – 2014
yildan e‟tibor qaratila boshlandi. Bunga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli Qarori, O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2014-yil 15-iyundagi 192-sonli hamda 2014-yil 31-dekabrdagi 378-
sonli Qarorlari muhim asos bo„lib xizmat qildi. Buningnatijasida bugungi kunda
respublikamizning barcha hududlarida
KSZlari tashkil etilib, faoliyat ko„rsatmoqda.
3.
O„zbekistonda KSZlari EIHlardan farqli ravishda katta iqtiyoz va
imkoniyatlarga ega bo„lmasa-da, biroq, kichik biznesni
rivojlantirish uchun zarur
bo„lgan muhim sharoit – yer, bino va inshootlarga investitsiya resurslari yetarli
bo„lmagan sharoitda ham qulay ijara rejimida yangi biznesni tashkil etish va 3 yillik
samarali faoliyat natijasida faoliyati yo„lgan qo„yilgan bino-inshootlarni “nol”
qiymtda balansga qabul qilish imkoniyatni taqdim etadi.
Nazorat uchun savollar:
1.
O„zbekistonda KSZlari qachondan boshlab va qanday hujjatlar asosida tashkil
etila boshlandi?
2.
O„zbekistonda KSZlari nima maqsadda tashkil etiladi?
3.
O„zbekistonda KSZlari respublikamizning
qaysi hududlarida qancha
miqdorda tashkil etilgan?
4.
O„zbekistonda KSZlari faoliyatida qanday muammolar mavjud?
5.
O„zbekistonda KSZlaridagi qulayliklar va imtiyozlar EIHlardagidan nimasi
bilan farqlanadi?
6.
O„zbekistonda KSZlari istiqboliga qanday baho berasiz?
Dostları ilə paylaş: