381
inflyatsiya darajasi ham ta‟sir ko„rsatadi. Inflyatsiyadan ko„riladigan yo„qotish hisob
stavkasini oshirish orqali qoplanadi. Masalan, me‟yordagi hisob stavkasi 4 % bo„lib,
inflyatsiya 3 % darajasida kutilsa, amaldagi hisob stavkasi 7 %ni tashkil etadi.
Markaziy bankning hisob stavkasi qancha yuqori bo„lsa, tijorat banklari o„zlari
taqdim etadigan kreditlar uchun oladigan foizi shu qadar yuqori bo„ladi.
Hisobot
–
korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan o„z faoliyati
to„g„risida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat,
statistika va moliya organlariga
taqdim etiladigan axborot, ma‟lumotlar, hisob-kitob
hujjatlari.
Hukumat
– davlatning oliy kollegial organi. Hukumat turli mamlakatlarda
turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar
Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O„zbekiston) va h.k. O„zbekistonda hukumat Vazirlar
Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi.
Hukumat tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi.