Эркин иқтисодий ҳудудлар


Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish 
mexanizmi
ga ham amal qilishi talab etiladi. 
Bu esa EIHlarda Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida 
investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni ta‟minlashni ham nazarda 
tutadi. 
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O„zbekiston Respublikasi 
hududida, mulkchilik shakllaridan qat‟iy nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy 
investorlarni jalb etgan holda jahon bozorida chiqindilar chiqarishning 


42 
sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya 
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi.
Kioto Protokoli – Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o„zgarishi 
to„g„risidagi Hadli Konvensiyasi (IO„HK) 1997-yil 11-dekabrda qabul qilingan, 
O„zbekiston Respublikasi tomonidan 1999-yil 20-avgustda ratifikatsiya qilingan va 
2005-yil 16-fevraldan boshlab kuchga kirgan bo„lib, “parnik effekti”ni hosil qiluvchi 
gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat 
hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son 
Qaroriga muvofiq Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha 
(MRM) 
Idoralararo kengash
tashkil etilgan. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va 
sanoat vazirligi Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha 
Milliy 
organ
hisoblanadi. 
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya 
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o„z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori tomonidan MRM Milliy organiga 
yozma ariza kiritiladi, arizaga MRM bo„yicha nazarda tutilayotgan investitsiya 
loyihasi to„g„risidagi umumiy axborot ilova qilinadi. Loyiha bo„yicha buyurtmanoma 
O„zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasi bilan kelishiladi. 
Zarurat bo„lganda, loyiha bo„yicha buyurtmanomaga kiritish uchun MRM Milliy 
organi tomonidan loyiha bo„yicha qo„shimcha axborot va hujjatlar so„rab olinishi 
mumkin. MRM Milliy organi loyiha bo„yicha buyurtmanoma taqdim etilgan vaqtdan 
boshlab ikki hafta muddatda loyihani MRM doirasida barqaror rivojlanish milliy 
mezonlariga muvofiq amalga oshirish mumkinligini ko„rib chiqadi. Loyihani MRM 
doirasida amalga oshirish mumkinligi to„g„risidagi masala ijobiy ko„rib chiqilgan 
taqdirda MRM Milliy organi Idoralararo kengashga loyiha bo„yicha buyurtmanomani 
ma‟qullash uchun loyihani amalga oshirish mexanizmi bo„yicha xulosa hamda 
loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga asosiy 
talablar bilan birga kiritadi. Idoralararo kengash taklifni taqdim etilgan hujjatlar 
asosida ko„rib chiqadi va loyihani amalga oshirish mumkinligi to„g„risida yohud 
loyihani puxtalashtirish zarurligi to„g„risida qaror qabul qiladi. Loyihani amalga 
oshirish mumkinligi to„g„risida qaror qabul qilingan taqdirda Idoralararo kengash 
tomonidan, zarurat bo„lganda, ayni bir vaqtda investor tanlash bo„yicha tanlov 
komissiyasi tarkibi, tanlovni o„tkazish muddatlari va loyihani amalga oshirish uchun 
investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga talablar tasdiqlanadi. Idoralararo kengash 
tomonidan loyihani amalga oshirish to„g„risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda 
MRM Milliy organi uch kun muddatda loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda 
xabardor qiladi, xabarnomada loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan 
mexanizmini hamda loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov 
hujjatlariga asosiy talablarni ko„rsatadi. Loyihani xalqaro moliya institutlari orqali 
amalga oshirish mexanizmini tanlashda loyiha-texnik hujjatlarni (LTH) tayyorlash, 
investorlarni, vakolatli operativ organlarni va chiqindilarning sertifikatlangan 
qisqartirishlari xaridorlarini tanlash tegishli xalqaro moliya institutlari tomonidan 
belgilangan tartibotlarga muvofiq amalga oshiriladi. MRM Milliy organi tomonidan 


43 
tanlov asosida tanlab olish zarurligi ko„rsatilgan taqdirda loyiha tashabbuskori 
loyihani amalga oshirish uchun Idoralararo kengash tomonidan belgilanadigan 
muddatlar va talablarga muvofiq investor tanlash bo„yicha tanlov e‟lon qiladi.
Ikkinchi bosqichda tashabbuskor tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza 
kiritiladi, unga quyidagilar ilova qilinadi:
- muzokaralar davomida erishilgan dastlabki va yakuniy qiyosiy jadvallar, 
loyiha tashabbuskori tomonidan tanlangan taklif ko„rsatilgan holdagi tanlov 
qatnashchilari takliflari; 
- MRM tartibotlariga muvofiq ishlab chiqilgan rus va ingliz tillaridagi loyiha-
texnik hujjatlar;
- loyihani amalga oshirishning oylar bo„yicha jadvali;
- Gidrometeorologiya xizmati markazining loyiha bo„yicha ijobiy xulosasi;
- O„zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasining loyiha 
bo„yicha ijobiy ekologik xulosasi.
Quyidagilar Idoralararo kengash tomonidan loyihani baholashning asosiy 
mezonlari hisoblanadi:
- loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va 
samaradorligi;
- loyihaning ekologiya talablariga muvofiqligi;
- texnologik asbob-uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi.
Idoralararo kengash ikki hafta muddatda takliflarni taqdim etilgan hujjatlar 
asosida ko„rib chiqadi va loyihani amalga oshirishning mumkinligi to„g„risida qaror 
qabul qiladi. MRM bo„yicha loyiha amalga oshirilishi mo„ljallanayotgan investitsiya 
loyihasiga qo„shimcha deb hisoblangan taqdirda asosiy investitsiya loyihasini 
tayyorlash va ekspertizadan o„tkazish tartibi ana shunday loyihalar uchun tadbiq 
etiladigan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Asosiy investitsiya loyihasi bo„yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash 
tasdiqlangungacha yohud O„zbekiston Respublikasi va Xalqaro moliya institutlari 
o„rtasida o„zaro hamfikrlik to„g„risidagi memorandum imzolangungacha loyiha 
bo„yicha buyurtmanoma berish bosqichida MRM bo„yicha loyiha komponentini 
amalga oshirish yuzasidan Idoralararo kengashning ijobiy qarorini olish zarur. 
Idoralararo kengashning loyihani amalga oshirish to„g„risida ijobiy qarori qabul 
qilingan taqdirda MRM Milliy organi loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda 
xabardor qiladi va IO„HK Ijro etuvchi kengashiga loyiha bo„yicha ma‟qullash xati 
jo„natadi. MRM Milliy organidan ma‟qullash xati olingandan keyin MRM loyihasi 
tashabbuskori validatsiya (loyihani tasdiqlash to„g„risidagi qaror) qilish va 
keyinchalik loyihani IO„HK Ijro etuvchi kengashida MRM tartibotlariga muvofiq 
ro„yxatdan o„tkazish uchun tegishli Vakolatli organni tanlash bo„yicha mas‟ul 
hisoblanadi. Loyiha-texnik hujjatlar ekspertizadan ijobiy o„tkazilganda va Vakolatli 
operativ 
organ 
tomonidan 
tasdiqlanganda 
loyiha 
tashabbuskori 
Vazirlar 
Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga MRM loyihasini amalga 
oshirish to„g„risida Hukumat qarori loyihasini kiritadi. MRM loyihasi tashabbuskori 
shuningdek, chiqindilar chiqarishning kamayishi monitoringi, MRM talablariga 
muvofiq chiqindilar chiqarishning qisqarishini tasdiqlash va sertifikatlash bo„yicha 


44 
tadbirlarning bajarilishi uchun javob beradi. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha 
investitsiya loyihalariga nisbatan qo„llanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlari 
quyidagi 2.1-rasmda aks ettirilgan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin