56
moliyaviy-xo„jalik infratuzilmasini yaratish, loyihalarni amalga oshirish usullarini
ishlab chiqish tashabbuslarini qo„llab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega bo„ldi.
EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va yaxshi
faoliyat yuritishi uchun quyidagi dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash zarur:
- katta kapitalga ega, o„z zimmasiga zonani yaratish dasturining ijrosi uchun
to„liq moddiy mas‟uliyatni oluvchi yirik aksiyadorlik jamiyatlarining (davlat kapitali
ishtirok etgan) mavjudligi;
- zonani rivojlantirish vazifalarini hal etish uchun
zaruriy hajmda valyuta
tushumlarini jalb qilishni ta‟minlovchi maxsus garov-sug„urta investitsion fondi
(sug„urta jamiyati)ni tashkil qilish;
- zona budjetini shakllantirishni ta‟minlovchi, budjet va kredit mablag„larini
ishlatilishini nazorat qiluvchi, Davlat budjeti bilan o„zaro munosabatlarni
muvofiqlashtiruvchi zona Markaziy bankini yaratish;
- mintaqaviy va davlat darajalarida maxsus zonaviy qonunchilikni ishlab
chiqish; ushbu qonunchilik hujjatlari zonada soliqqa tortish, litsenziyalash, bank
faoliyati, garov huquqi, konsessiyalarni taqdim qilish, mehnat va ijtimoiy masalalarni
tartibga solishi zarur;
- zona rahbariyati (masalan, zona kengashi) va mahalliy (mintaqaviy) hokimiyat
organlari o„rtasida funksiyalarni ajratish, ular o„rtasida
mulkka egalik va uni
taqsimlash, narxni shakllantirish masalalarini xal qilish, soliqqa tortish,
litsenziyalash, turli imtiyozlarni taqdim etish tartibi muammolari bo„yicha
shartnomaviy munosabatlarni o„rnatish (qabul qilish);
- respublika organlari tomonidan aniq iqtisodiy zonalarni rivojlantirish
dasturlarini tasdiqlash, ushbu dasturlarda EIH tomonidan respublika manfaatlari
nuqtai nazaridan hal etiluvchi masalalar ko„zda tutiladi, davlat kapital qo„yilmalari va
subsidiyalari hajmi aniqlanadi, imtiyozlar va ularni olish muddatlari o„rnatiladi;
- mintaqaviy va mahalliy hokimiyat tuzilmalari tomonidan o„zlari ega bo„lgan
ma‟lum bir huquqlarni, eng avvalo moliyaviy-xo„jalik faoliyat sohasidagi huquqlarni
erkin iqtisodiy hududlarni boshqarish organlariga, shuningdek, zonalarda joylashgan
alohida ishlab chiqarishlar, korxonalar, firmalarga topshirilishi.
EIHlarni tashkil etishda ularning ishtirokchilari – xorijiy va milliy investorlar
to„g„risidagi masalani hal etish muhim hisoblanadi. Aynan ishtirokchilar tarkibi
mamlakat iqtisodiy hayotida ushbu yangi xo„jalik yuritish shaklining muvaffaqiyatini
yoki omadsizligini
belgilab beradiki, ular, eng avvalo, hududlarga sarmoya
kiritmoqchi bo„lgan investorlarning reaksiyasiga bog„liq. Jahon tajribasini tahlili
ko„rsatishicha, EIHlarning loyihachilari, nafaqat, xorijiy va milliy investorlar uchun
rag„batlantiruvchi omillarning farqlanishi bilan bog„liq qiyinchiliklarga, balki bunday
rag„batlantirishlarning teskari, ba‟zan esa o„zaro qarama-qarshi tavsifi bilan bog„liq
murakkabliklarga ham duch keladilar. Xorijiy sarmoyador uchun asosiy rag„bat
bo„lishi mumkin bo„lgan holat (masalan, ichki bozorga chiqish imkoniyati) milliy
sarmoyadorlar uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo„lishi mumkin.
EIHlarni tashkil etuvchilarning faoliyatini murakkablashtiruvchi yana bir omil
shundan iboratki, ular, xorijiy va milliy investorlar tomonidan rag„batlar va
qiziqtiruvchi sabablar har xil tushunilishi mumkinligini tasavvur eta olmaydilar.
57
Masalan, hududlarda yaxshi rivojlangan infratuzilma
mahalliy investorlar uchun
kapital qo„yilmalar kiritish uchun katta rag„batlantiruvchi kuchga ega bo„lishi
mumkin, xorijiy investor uchun esa bunday “rag„bat” zonaga investitsiyalarni kiritish
bo„yicha qaror qabul qilishning majburiy dastlabki sharti bo„lib hisoblanadi. Bunda
xorijiy investor uchun boshlang„ich qadam bo„lib, hududdagi infratuzilma darajasi
emas, balki, o„z mamlakatida yoki boshqa xorijiy mamlakatlardagi infratuzilma
darajasi va sifati hisoblanadi. Mahalliy investorlar ma‟lum bir aniq zonada tashkil
etilgan shart-sharoitlarni juda ilg„or va texnik jihatdan zamonaviy deb (masalan,
boshqaruv tizimi) qabul qilishlari mumkin bo„lsa, ayni vaqtda xorijiy investorlar
ancha keskin qarashlarga ega bo„lishi mumkin. Ushbu ziddiyat yengib bo„lmas holat
bo„lib, zonalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda uni e‟tiborga olish
zarur
29
.
Bugungi kunda O„zbekistonda EIZlarni tashkil etish borasida muayyan tajribalar
to„panilgan va orttirilgan. Biroq, mavjud yaratilgan shart-sharoitlar va ulardan
foydalanish darajalari o„zaro bir-biriga muvofiq emasligi EIZlar rivoji va
samaralarini kutilganidek ta‟minlash imkonini bermayapti. Bunga bir qator o„ziga
xos muammolar ta‟sir ko„rsatishini keltirib o„tish mumkin. Xususan:
- milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlarining
jahon iqtisodiyotiga
integratsiyasi jarayonidagi kabi faol emasligi, bunga, eng avvalo, iqtisodiyotning
ochiqligi bugungi kun talabi darajasida ta‟minlanilmaganligi ta‟sir ko„rsatishi;
- milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda EIZlar ishtiroki imkoniyatlaridan
to„la foydalanilmayotganligi, bunga soliq imtiyozlari va preferensiyalarining
yaratilganligining o„zi yetarli bo„lmasligi amaliy o„z tasdig„ini topganligi;
- EIZlargi ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishdagi faollikning sustligi,
bunga JIZ direksiyasi, mahalliy
hokimlik va vazirliklar, tegishli davlat
tashkilotlarining tashabbuslari va amaliy harakatlari juda sust holda bo„lib kelganligi
salbiy ta‟sir ko„rsatganligi;
- EIZlar jozibadorligi va uni oshirishning o„zi bilan EIZlarga investitsiyalarning
kirib kelishi faollashmasligi, bunda EIZ joylashgan viloyat va mamlakat iqtisodiyoti
jozibadorligi, bozor va boshqa infratuzilmalarning mavjudligi, qulayligi va
rivojlanganligi kabilarning ham jiddiy ta‟sir ko„rsatishini inobatga olish zarurligi;
- EIZ rivojida mamlakat kredit reytingining yuritilishi va uning ijobiyligini ham
ta‟minlashning zarurligi;
- valyuta konvertatsiyasi va tashqi savdo balansi, tashqi qarz kabilarning ham
ijobiy hal etilganlik holati;
-mamlakat eksport salohiyatini o„stirish imkoniyatlari, asoslari va unda
EIZlarning tutgan o„rnini oshirishga qaratilgan islohotlarning samaradorligi va shu
kabilarni keltirib o„tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: