58
1.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolar barcha
davlatlar
tajribalarida kuzatilib, ularning hal etilish uslublari,
vaqti va imkoniyatlari
bo„yicha bir-biridan farqlanadilar.
2.
EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra,
EIHlarni tashkil etish va
yaxshi faoliyat yuritishi uchun bir qator muhim dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash
talab etiladi.
3.
O„zbekistonda ham EIZlarni tashkil etish bo„yicha
muayyan tajribalar
to„plangan bo„lishiga qaramay, bu borasida hal etilishi lozim bo„lgan daolzarb
muammolar ham mavjud.
Nazorat uchun savollar:
1.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda qanday muammolarni bilasiz?
2.
EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va
yaxshi faoliyat yuritishi uchun qanday dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash zarur?
3.
Jahon amaliyotida aksariyat EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan
bog„liq qanday muammolarni aytib bera olasiz?
4.
“EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq muammolarni hal etish
bo„yicha qanday takliflar bera olasiz?
5.
O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq
muammolarni hal etish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
6.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda asosiy muammolar sifatida qaysilarni
ko„rsatib bera olasiz?
2.5.
Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni
jalb qilish muammolari
EIHlarga to„g„ridan-tug„ri xorijiy investitsiyalarni
xorijiy firmalarning asta-
sekin milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv usuli sifatida qarash mumkin. Shu
sababli EIHni rejalashtirish bosqichidayoq chet el firmalarining mahalliy tadbirkorlar
bilan bevosita va teskari aloqalarini o„rnatish imkoniyatlarini ko„zda tutish zarur.
Bunday aloqalar mahalliy xomashyo tovarlarini, komponentlarni, yarimfabrikatlarni,
majmuaviy asbob-uskunalarni va xizmatlarni olish imkoniyatini ta‟minlashi zarur.
Mahalliy resurslarga ega bo„lish imkoniyati xorijiy investorlar uchun muhim rag„bat
hisoblanadi. Biroq, EIHda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy investorlar uchun bunga
amalda erishish ancha qiyin bo„lishi va katta vaqtni talab etishi mumkin.
Mazkur
omilga katta e‟tibor bergan holda, EIH loyihachilari
quyidagi jihatlarni hisobga
olishga urinadilar.
Dostları ilə paylaş: