59
muddatli rejada EIHda faoliyat yuritayotgan firmalar tomonidan qo„shimcha talab
mahalliy tovar yetkazib beruvchilarni ushbu yangi talabni
qondirish uchun ishlab
chiqarish quvvatlarini ko„paytirishga majbur etadi. Lekin, bunday jarayon bir necha
yil davom etadi.
Ikkinchidan,
mahalliy resurslarning sifati va
texnologik darajasi xorijiy
firmalar tomonidan ushbu resurslarga bildirilayotgan standartlarga mos kelmasligi
mumkin. Ushbu muammoga xorijiy investorlar mahalliy
resurslardan foydalangan
barcha hollarda duch keladilar. Vaqt o„tishi bilan mahalliy tovar yetkazib beruvchilar
asta-sekin o„z ishlab chiqarishining texnologik darajasini ko„tarib boradilar. Biroq,
ushbu texnologik takomillashtirish avtomatik ravishda ro„y bermaydi. Agar
texnologiya darajalari o„rtasidagi tafovut kattta bo„lsa, xorijiy investorlar mahalliy
tovar yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni uzishga va zonadagi faoliyatini o„zining
an‟anaviy yetkazib beruvchilariga tayangan holda davom
ettirishga qaror qilishi
mumkin. Bundan kelib chiqadiki, EIHlardagi xorijiy firmalar
va undan tashqarida
faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalar o„rtasida iqtisodiy va texnologik aloqalarni
o„rnatish usullari, rag„batlari va tashkiliy shakllari tizimi zarur.
Dostları ilə paylaş: