68
EIHlarni tasniflash ularning rivojlanish tarixi bilan bog„liqdir.
EIHlarni tasniflar ularning tarixiy jarayonlar asosida
vujudga kelgan turlarini
o„rganish, aniqlash, ularning mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati, o„ziga xos
xususiyatlarini bilish va asoslashga imkon beradi.
Bu esa bir turdagi va dastlabki tashkil etilgan EIHlarning yanada rivojlangan
EIHlarga aylanishi, keyingi yangi avlod turlarining tashkil etilishi va rivojlanib
borishiga ham keng yo„l ochib beradi.
EIHlarni tasniflash bugungi kunda jahon iqtisodiyotida mavjud bo„lgan turlarini
tavsifiy
va sifat belgilari, umumiy jihatlari bo„yicha guruhlash va ajratishni nazarda
tutadi.
EIHlarni tasniflash mavjud turli-tuman EIHlarni tartiblash, aniq farqiga borish
maqsadida, guruhlash – turkumlash asosida amalga oshiriladi.
EIHlarni turkumlash – nafaqat, ularga qisqacha tavsif berish, balki, ularning
rivojlanish evolyutsiyasi, shakllanish va faoliyat yuritish jarayoni hamdir. Bu EIHlar
rivojlanishining, oddiy shakllaridan murakkab shakllarga o„zgarib borishidagi juda
uzoq yo„lidir.
Ilmiy adabiyotda turli xil turkumlash mezonlari berilgan.
Jumladan, jahon iqtisodiy tizimida EIHlarni turkumlashda quyidagi mezonlarga
e‟tibor beriladi:
1. Milliy iqtisodiyotga integratsiyalanganlik darajasi bo„yicha.
2. Tashkiliy usuli bo„yicha.
3. Egalik xususiyati bo„yicha.
4. Faoliyat turi yoki funksional maqsad bo„yicha.
Ushbu tasniflanishni quyidagi 3.1-rasmda ko„rish mumkin.
Keltirilgan mezonlar bo„yicha tasniflangan EIHlar tarkibida milliy iqtisodiyotga
integratsiyalanganlik darajasi bo„yicha tasnifiga alohida to„xtalib o„tish o„rinlidir.
3.1-rasmda keltirilganidek, EIH integratsiyalanganligi darajasi bo„yicha 2
turga
bo„linadi: anklav (yopiq) va integratsiyalashgan. Anklav hududlar faoliyat mexanizmi
o„xshashligiga qaramasdan tamoyillari, maydon kattaligi va faoliyat yo„nalishi
bo„yicha bir-biridan farq qiladi.
Birinchi yo„nalishga imtiyozli soliq va bojxona tartibi qo„llaniladigan ayrim
korxonalarni hududini qoplovchi hududlarni kiritish mumkin.
Bunday hududlar
Meksikada nisbatan keng tarqalgan bo„lib ularda makiladoras – eksport korxonalari,
AQSh chegaralari bo„ylab joylashgan holda faoliyat yuritadi. Xuddi shunday
tamoyillar asosida Daminikan Respublikasida, Gaitida va Vengriyada EIHlar tashkil
etilgan.
Ikkinchi yo„nalishga maydoni bir necha o„n gektardan bir necha yuz
gektargacha bo„lgan yopiq hududli katta bo„lmagan industirial anklavlar kiradi.
Bunday hududlar Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida va
Shimoliy Afrika davlatlarida tuzilgan. Bir qancha tumanlarni
va butun shaharlarni
qamrab oluvchi yirik ko„lamli hududlar uchinchi yunalishni tashkil etadi. Bunday
yondashuv avvalam bor Xitoy va Xindiston, shuningdek, Shri-Lanka, Mavriki va
boshqa mayda davlatlarda uchraydi.
Anklav EIHlar erkin konvertatsiyalashadigan valyutani ishlash uchun barcha
69
ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilishga yo„naltirilgan. Bunday hududlar
mamlakatning boshqa qismiga nisbatan mustaqilligi tovarlar va odamlarni ularni
chegarasi orqali o„tishining maxsus tartibi orqali ta‟minlanadi. Iqtisodiy mustaqillik
esa bu hududlardagi maxsus iqtisodiy iqlim (ma‟muriy va iqtisodiy usullar
yordamida) bilan ta‟minlanadi.
Anklav hududlar, odatda, mamlakat hududidan tabiiy ravishda ajralgan joylarda
tashkil etiladi (orollar, yarim orollar, dengiz kurfazlari va boshqalar), lekin shaharlar
ichida yoki regionlar ichida ham tuzilishi mumkin. Har qaysi holda ham anklavning
tashkil etilishi hududning yuridik mustaqilligini nazarda tutmaydi.
Integratsiyalashgan EIHlarning o„ziga xos belgisi shundan iboratki, ular
mamlakatning ichki iqtisodiyoti, uning ichki hududlari bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga
ega bo„ladi. Eksport salohiyatini rivojlantirish muammolarini hal etishdan tashqari, bu
zonalar mahalliy sanoatning texnologik darajasini oshirish,
chiqarilayotgan
mahsulotning sifati va raqobatbordoshliligini oshirish vazifalarini ham hal qiladi.
Anklav ko„rinishidagi hududlardan farqli o„laroq integratsiyalashgan hududlar,
ko„p jihatdan, oraliq mahsulotlarni import qilishga emas, balki, milliy mahsulotlarni,
komponetlarni va yarim tayyor mahsulotlarni ishlatishga qaratilgan bo„ladi.
Jumladan, Braziliyadagi “Manaus” hududida tayyor mahsulot tarkibidagi milliy
komponetlar ulushi 40-90%ni tashkil etgan holda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning 90%dan ortig„i ichki bozorda iste‟mol qilinadi. AQShning tashqi savdo
hududlarida 80% xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar AQShning ichki
hududlaridan keltiriladi va o„z navbatida, 90% ishlab chiqarilgan mahsulot
mamlaktning ichki hududlariga etkzib beriladi.
Integratsiyalashgan hududlar milliy va xalqaro
iqtisodiyot bilan uzviy
bog„langan holda nisbatan erkinroq faoliyat rejimiga ega. Ular ayniqsa xalqaro
mehnat taqsimotiga qo„shilgan rivojlangan bozor iqtisodiyotili mamlakatlarga xos.
Integratsiyalashgan hududlar globallashgan bozor iqtisodiyotiga juda mos keladi. Bu
hududlarda mamlakat hududi bo„yicha unifikatsiyalangan iqtisodiy va huquqiy tartib
qo„llaniladi. Qoida tarikasida bu hududlar avval anklav sifatida tashkil etilgan bo„lsa
keyinchalik
bu
hududlardagi
xo„jalik
yurituvchi
subyektlarning
faoliyati
diversifikatsiyalashgan.