Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

4-bob.
ERKIN 
IQTISODIY 
HUDUDLARDA 
INVESTITSION 
MUHIT XUSUSIYATLARI
4.1.
Investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni ta‟minlashdagi 
ahamiyati 
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o„sish 
sur‟atlari 
investitsiya muhiti
ga ko„p jihatdan bog„liqdir. 
Mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilishi xorijiy investitsiyalarni 
milliy iqtisodiyotga faol jalb qilish, investitsiya faoliyatni rivojlantirish va samarali 
amalga oshirishning muhim asoslaridan biri hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasida 
barqaror investitsiya muhitini yaratish va uning jozibadorligini oshirish davlat 
investitsiya siyosatini amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan biridir. 
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi va shuningdek, olib 
borilayotgan investitsion faollikning o„sish sur‟atlari investitsion muhitga bog„liq 
bo„ladi. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy 
mezon bo„lib, birinchi navbatda, kapital mablag„larning daromadliligini ta‟minlab 
beradi.
Qulay investitsiya muhiti mamlakatga kapital olib kelishni rag„batlantiradi, 
investorlar faoliyati faolligi ko„tarilishiga xizmat qiladi aksincha bo„lsa, kapital oqib 
ketadi, investitsiya faoliyati susaya boshlaydi. Qaerda qulay investitsich muhiti 
mavjud ekan o„sha tomonga investitsiyalar oqimi tezlashadi. Darhaqiqat
investitsiyalar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir. 
Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-
sharoitlar yaratilishi talab etiladi, bunda davlat tomonidan barcha zaruriy choralar 
ko„riladi. 
Qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar 
mavjud bo„lsagina o„sha davlat iqtisodiyotiga investitsiyalar qo„yilishi mumkin. 
Investitsiya 
muhitining 
jozibadorligi 
xorijiy 
investitsiyalar 
oqimini 
ko„paytirishning muhim omili hisoblanadi. 
O„z navbatida, investitsiya muhitiga doir quyidagi savollar
 
tug„ilishi tabiiydir: 
1. Investitsiya muhiti o„zi nima? 
2. Investitsiya muhitining jozibadorligi nimalarga bog„liq? 
3. Investitsiya muhitiga qanday ta‟rif berish mumkin? 
4. Investitsiya muhitiga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi? 
5. EIHlarda investitsiya muhiti qanday ahamiyat kasb etadi va uning o„ziga xos 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
Iqtisodiyotda 
investitsiya 
faoliyatining 
rivojlanishi, 
ichki 
va 
tashqi 
investitsiyalarni jalb qilishning ko„lami, yo„nalishlari va samaradorligi, bevosita, 
investitsiya muhitiga bog„liqdir. Shu sababdan mazkur iqtisodiy atamaning tub 
mohiyatini o„rganish, yoritish va asoslab berishga bo„lgan turli iqtisodchi-olimlar
mutaxassislarning qarashlari va o„ziga xos yondashuvlari orqali o„zaro ilmiy 
munozaralar hozirgi kunda ham davom etmoqdaki, bu, o„z navbatida, mazkur sohaga 
aloqador va unga qiziqish bildiruvchilar e‟tiborini o„ziga tortmasdan qolmaydi. 
Investitsiya muhiti EIHlarda yoki mamlakatning alohida hududida, shuningdek, 


106 
alohida tarmoq, yo bo„lmasa, makrodarajada tashkil etilishi va amal qilishidan qat‟iy 
nazar umumiy va yagona mazmunda ta‟riflanishi lozim. 
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya muhiti mazmuni haqida turli talqindagi 
ta‟riflar keltirilgan. Bu esa unga yagona ta‟rif-talqin mavjud emasligidan dalolat. Shu 
sababni uning mazmuni, ahamiyatini o„rganish hozir ham dolzarb hisoblanadi. 
Shunga ko„ra, ushbu atamaning iqtisodiy mazmunini yoritish maqsadida 
quyidagi ayrim iqtisodchi-olimlar tomonidan bildirilgan ta‟riflarni tadqiq etish 
asosida investitsiya muhitiga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin