115
doirasida) o„z ta‟sirini ko„rsatadi.
Ikkilamchi mavqedagi qonun hujjatlari bilvosita ta‟sir ko„rsatishdagi ahamiyati
bilan ajralib turadi.
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy
tizimini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O„zbekiston
Respublikasining “Investitsiya faoliyati to„g„risida”gi, “Chet el investitsiyalari
to„g„risida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari to„g„risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va
tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining
subyektlari va
obyektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari,
xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari
kabilar aniq belgilab berilgan.
Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni rag„batlantiruvchi qonuniy-
xuquqiy
bazaning
mavjudligi
bozor
munosabatlarining
rivojlanganligini
belgilamaydi. Bugungi kunda mamalakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash
chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat
mazkur qonunlar doirasida
investitsion faoliyatning turli subyektlari o„rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni
tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o„rnatilganligiga
qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy
muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to„g„risida”gi Qonun respublikada tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda
tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday
shaklida bo„lishidan qat‟iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini
xalqaro huquqning
qabul qilingan umumiy me‟yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta‟minlaydi.
Bu qonun O„zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg„unlashishi
uchun huquqiy asosni yaratadi.
O„zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi va “Chet
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari
to„g„risida”gi Qonunlari mamlakat hududida xorijiy investitsiyalarni amalga
oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq
tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko„rsatishini
kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko„maklashish, uni jahon
xo„jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy,
intellektual va
boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan.
“Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi Qonunning asosiy vazifalari –
O„zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy
investitsiyalar oqimini rag„batlantirish yo„li bilan jahon xo„jalik tizimiga
uyg„unlashuviga ko„maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy,
intellektual va boshqa zahiralarni, zamonaviy texnologiyalarni
va boshqaruv
tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo„lga qo„yishdan iborat.
Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma‟lum kategoriyalarini himoya
qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo„yicha kompleks chora-tadbirlar “Chet
116
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari
to„g„risida”gi Qonunning asosi bo„lib hisoblanadi.
Mazkur qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat
organlari joylarda chet el investitsiyalarining O„zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq amalga oshirilgan xo„jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar,
deb aytilgan.
Qulay investitsion muhitni yaratishda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O„zbekiston Respublikasi hukumati o„tish davrida davlat iqtisodiyoti uchun chet
el investitsiyalari g„oyat muhim
ekanligini anglagan holda, investitsion muhitini
yaxshilash hamda chet ellik investorlar bilan munosabatlarda qonunchilikni
takomillashtirish uchun barcha choralarni ko„rmoqda.
Mamlakatdagi mavjud investitsion qonunchilik tizimi:
- iqtisodiyotimiizga chet el investitsiyalari kirib kelishini rag„batlantirish yo„li
bilan mamlakatimizni rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo„shilishiga
ko„maklashish;
- xorij hamkorlarining moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini,
zamonaviy, sifatli texnologiyalarini va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan
oqilona foydalanish;
- chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish;
- chet ellik investorlar va chet el investitsiyalarining ayrim toifalari uchun
qo„shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni
himoyalashning huquqiy
asoslarini yaratib bergan
48
.
Dostları ilə paylaş: