175
- tashuvchi – bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga
oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs;
- tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha
kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi
orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan
tovar yoki uning bir qismi;
- tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o„tish –
tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud
ushbu hududdan olib chiqish;
- tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan
taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi;
- tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini
yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqanholda
tovarlardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini
ifodalovchi harakati;
- yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport
vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o„rovlarini
to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish;
-
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining yagona
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) – bojxona
chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona
nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning
kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
Dostları ilə paylaş: