Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

monofunksiyali va 
poleofunksiyali
bo„ladi. 
Birinchisi uncha murakkab bo„lmagan funksiyalarni bajarishga qaratilgan. Ular 
tranzit yuklarni tashishga xizmat qilish, tovarlarni yuklash va saqlash kabi 
xizmatlarni bajarishga mo„ljallangan bo„lib, odatda portlar, omborlar, aeroportlar, 
chegara rayonlarida joylashadi. 
Ikkinchi guruh hududlar esa biznes faoliyatining ko„p funksiyaliligi bilan farq 
qiladi va o„z ichiga tranzit muolajalarni, savdoni, sanoatni, xizmat ko„rsatishni, pul 
muomalasini va boshqa sohalarni oladi. 
Tadbirkorlik xususiyatiga qarab, EIHlarni quyidagicha turkumlaydilar: 
1. Mamlakat iqtisodiyotining “ochiq sektori” ni shakllantiruvchi hudud. 
2. Mamlakatning depressiv tumanlarini rivojlantirish hududi. 
3. Anklav tusdagi hudud. 
4. Iqtisodiy markaz tusidagi hudud. 
5. Tashqi savdo hududi. 
6. Funksional hudud. 
7. Kompleks hudud. 
Chegaralarni belgilash va EIHni faoliyat yuritish tartibiga qarab ikkiga 
bo„linadi: 
1. Yopiq. 
2. Ochiq. 
Erkin iqtisodiy hududlar iqtisodiy ixtisoslashuv nuqtai nazardan ham 
turkumlanadi: 
1. Erkin savdo hududlari. 
2. Eksport-sanoat hududlari. 
3. Tadbirkorlik hududlari. 
4. Ilmiy parklar. 
5. Kompleks hududlar. 
Turkumlashda tashkil etish xarakteri ham asos bo„lishi mumkin: 
1. Funksional yondashuv. 
2. Territorial yondashuv. 
3. Ma‟muriy territorial birlik. 
4. Tarmoq korxonasi. 
Joylashish geografiyasiga qarab ham EIHlar ikkiga bo„linadi: 
1. Ichki hududlar, mamlakatning ichki qismida, chegaradan ancha uzoqda 
joylashgan hududlar. 
2. Tashqi hududlar, mamlakatning chegarasida yoki chegaraga ancha yaqin 
joyda joylashgan hududlar (EIHlarni qirg„oq oldi, chegarada va mamlakat ichida 
joylashgan hududlar tarzida ham ajratish mumkin). 
O„z navbatida, har bir mamlakatda EIHlarning talab etilgan shakli va turi tashkil 


78 
etiladi. Bunga esa o„ziga xos sabab va omillar ta‟sir ko„rsatadi. Chunki hech bir 
davlat jahon amaliyotida mavjud barcha EIHlar turlarini tashkil etishga majbur emas. 
EIHarni tashkil etuvchi mamlakat uchun ushbu hudud namunaviy samara ham 
beradi. Ya‟ni milliy iqtisodiyotga yuqori malakali mehnat resurslari keladi
zamonaviy texnologiyalar, nou-xaular, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish 
tajribasi olib kelinadi hamda mahalliy kadrlarga o„rgatiladi. Erkin iqtisodiy zonalar 
marketing samarasini beradi, ya‟ni zonada yaxshi ishni tashkil eta olgan korxonalar 
(firmalar) mamlakatning qolgan korxonalari uchun ishni tashkil etishda o„rnak 
bo„ladi. Erkin iqtisodiy zonalarda hukumat tomonidan qo„yiladigan to„siqlarni 
kamaytirish yo„li ham ishlab chiqarish samaradorligiga ijobiy ta‟sir qiladi. Bu esa 
mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonini tezlashishiga yordam beradi.
Erkin iqtisodiy zonalarlar ustunligining yana bir jihati ilg„or texnologiyalarning 
berilishi (tarqalish)dir. U bevosita, bilvosita va raqobat samaralarini beradi:
- bevosita samara – bu erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalarning yangi 
texnologiya tufayli zamonaviy, raqobatbardosh, sifatli, arzon tovarlar ishlab 
chiqarishlaridir;
- bilvosita samara – bu erkin iqtisodiy zonalardagi yangi texnologiya bilan 
ishlayotgan korxona, uni tayyor mahsulotini ishlatadigan, unga xomashyo, yarim 
tayyor mahsulot yetkazib beradigan korxonalarga zamon talablariga javob beradigan 
buyurtmalar orqali ijobiy ta‟sir qilishidir;
- raqobat samarasi – bu yangi texnologiyaga o„tgan korxonalar zona ichida va 
zonadan tashqari firmalar o„rtasida raqobatni kuchaytirib yuboradi, buning natijasida 
firmalarni ilg„or texnologiyalarni qo„llashga, yangi texnologiyalar yaratish uchun 
ilmiy tadqiqotlar qilishga majbur qiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar samaradorligiga ta‟sir etuvchi quyidagi omillarning 
hisobga olinishi muhim o„rin egallaydi: 
- EIHlar uchun joy tanlashda oqilona yondashuv (tanlangan maydonda 
investitsiyaviy hamkorlikni olib borish uchun obyektiv sharoitlarning mavjudligi; 
- imtiyoz va qulayliklar tizimini yaratishda xorijiy investorlar manfaatini har 
tomonlama hisobga olish;
- qabul qiluvchi mamlakatda qulay investitsiya muhitini saqlash kafolatining 
mavjudligi; 
- EIHlar zaruriy va ishchi infratuzilmasining mavjudligi yoki uni yaratish uchun 
moliyalashtirish imkonining borligi;
- EIH ma‟muriy boshqaruv tizimining samaraliligi va o„ta moslashuvchanligi.
Umuman olganda, jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, EIHlar faoliyati 
samaradorligiga turli omillar ta‟sir ko„rsatadi. Ularning samaradorligi esa EIHlar 
uchun joyni to„g„ri tanlash, yo„nalishni to„g„ri tanlash, siyosiy, moddiy, moliyaviy, 
iqtisodiy, geografik, ekologik, mehnat, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, huquqiy, 
infratuzilmaviy va boshqa turli omillarni hisobga olish, xorijdan investitsiya va 
texnologiyalarni jalb qila bilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtira olishga 
bog„liq. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin