Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini ko



Yüklə 75,72 Kb.
səhifə1/9
tarix17.06.2022
ölçüsü75,72 Kb.
#61672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
VOQEA HODISA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH PSIXOLOGIYASI1 OTAJONOV SHOXRUX


O`ZBEKISTON RESPUBLIKA
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO`NALISHI 18.19-GURUH TALABASI
OTAJONOV SHOHRUXBEKNING
YURIDIK PSIXOLOGIYA FANIDAN

«VOQEA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH PSIXOLOGIYASI»
MAVZUSIDAGI

KURS ISHI
Ilmiy rahbar: professor V.M. Karimov

Farg`ona 2022
MUNDARIJA:


KIRISH…………………………………………………2
I.BOB. KO’RSATMALARNI VOQEA JOYIDA TEKSHIRISH.
1.1.Tergov harakatini ishlab chiqishda psixologik omillarni hisobga olish……………………………………………6
1.2.Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirishpsixologiyasi.
II.BOB. HODISA JOYINI KO`ZDAN KECHIRISHNING UMUMIY QOIDALARI
2.1.Hodisa joyini ko`zdan kechirishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish taktikasi
2.2.AMALIY QISM HOLLAND METODIKASI
XULOSA
TAVSIYA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVA
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatimizda adolat hamda qonun ustuvorligiga erishish ichki ishlar idoralari xodimlari, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
Mamlakatimizda ichki ishlar idoralari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun jonkuyar, olijanob, fidoyi, o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradigan vijdonli xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Chunki bugungi murakkab sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq oldidagi nufuzini ko‘tarish, unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bevosita ana shu islohotlar samarasiga bog‘liq.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki ular doimiy ravishda turli toifadagi odamlarbilan uchrashadilar, muloqotga kirishadilar. Bu esa xodimdan yuridik psixologiya fanini, jumladan ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni yaxshi bilishni, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab qiladi. Ana shu nuqtai nazardan yuridik psixologiya fan sifatida o‘rganiladi.
Yuridik psixologiya fanining rivojlanishiga S. S. Romanov,M. I. Yenikeyev, V. L. Vasilyevlar katta hissa qo‘shganlar. Shu ma’noda yuridik psixologiya psixik qonuniyatlarning huquqiy faoliyat va huquqiy tartibga solish jarayonlarida paydo bo‘lishi hamda amalda qo‘llanishini o‘rganuvchi fandir. Yuridik psixologiya ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, qonunga itoatgo‘ylik xulqi (huquqiy ong, axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, jinoiy xulq (jinoyatchi shaxsining xulq-atvoridagi og‘ishishlar, jinoiy stereotip, jinoiy guruh tartibi, tuzilishi kriminogen vaziyat, jabrlanuvchining shaxsi, xulq-atvori va jinoiy xulqining genezisdagi roli); uchinchidan, huquqni muhofaza qilish faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, tergov faoliyati psixologiyasi, sud psixologik ekspertiza); to‘rtinchidan, huquqbuzarlarni resotsiolizatsiya qilish (jinoiy jazoni ijro etuvchilar psixologiyasi, ozodlikka chiqqanlar psixologiyasi); beshinchidan, voyaga yetmaganlar kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi.

Yüklə 75,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin