Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini ko



Yüklə 75,72 Kb.
səhifə3/9
tarix17.06.2022
ölçüsü75,72 Kb.
#61672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
VOQEA HODISA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH PSIXOLOGIYASI1 OTAJONOV SHOXRUX

Muammoni o’rganilganlik darajasi: O’zbekiston Respublikasining Kadirlarni tayyorlash milliy dasturida, davlat talim standarti O’zbekston Respublikasi Vazirlar Mahkamsi Prakratura hodimlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorlar, A.G Kovelov, K.K.Platinov, S.R.Rubinshteynning shaxsiy hususiyatlari haqidagi talimotlar.
Kurs ishining obekti: Farg’ona shahar Prokratura bo’limi;
Kurs ishining farazlari: Prokratura xodimlari o’z kasblariga mosligini o’rganishning psixologik xususiyatlariga o’rganish kurs ishida tahlil qilinganligi va prokratura xodimlarini kasbiy faoliyatini o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: 2 ta bob, kurs ishini nazariy va amaliy eksperimental qismi, xulosa, tavsiya, va ilovadan iborat bo’lib 40 varoqni tashkil etadi.

I.BOB. KO’RSATMALARNI VOQEA JOYIDA TEKSHIRISH.
1.1.Tergov harakatini ishlab chiqishda psixologik omillarni hisobga olish.
Yuridik psixologiyada voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish ma’lumot to‘plash jarayoni bo‘lib, ularni analiz, sintez qilish orqali zarur ma’lumotlarni yig‘ish demakdir.
Yurisprudensiyada voqea sodir bo‘lgan joy – jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa jinoyat alomatlari bor deb qaraladigan joy.Ko‘rsatmalarni joyida tekshirish, ba’zi bir o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, so‘roq qilish, voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish, jinoyatchini tanish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti kabi tergov harakatlaridan mohiyati jihatidan farq qiladi.
Tergov harakatida jinoyat izining qalbaki ekanligini:
– jinoyat izini ochiq-oydin qoldirib ketishi;
– jinoyat sodir bo‘lgan joyda har xil jinoyat izini qoldirish;
– jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari bekitilganining aniq ko‘rinib turishi bilan belgilanadi.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish kengroq maqsadlarga xizmat qiladi.
Birinchidan, so‘roq qilinayotgan shaxs voqea joyida bo‘lgan voqeaning mexanizmini namoyish qilish, voqeani xotirada qayta tiklash, u haqida yanada to‘liq, har tomonlama va obyektiv ko‘rsatmalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish jarayonida tergovchi ko‘rsatmalarini faqat eshitibgina qolmay, balki ularni ifodalovchi harakatlarni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ko‘rsatilgan buyumlar, bino, yer uchastkalarini tekshirilayotgan ko‘rsatmalarga taqqoslash asosida yaxshiroq tushunib oladi.
Uchinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarning qaytarilishidava natijalarini qayd qilishda faqat aniq shaxsning ko‘rsatuvlariifodalanmay, balki boshqa qatnashchilarning harakatlari, xonadagi buyumlar,izlar shuningdek, real sharoit, vaziyat bilan olingan faktik holatlar hamqayd qilinadi. Shu bilan birga, mazkur tergov harakatini o‘tkazishdaalbatta xolis guvohlarning ishtirok etishi talab qilinadi. Voqea bo‘lganjoyda ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonida faqat joyning, binoning, shaxsko‘rsatgan yer maydonlarining o‘zigina tekshiriladi va qayd qilinadi. Agarko‘rsatmada qayd etilgan joy ilgari tekshirilgan bo‘lsa, tekshiruv va tintuvvaqtida narsalarning holati o‘zgartirilgan, hatto ular tergov ishiga qo‘shibqo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar psixologik nuqtainazardan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berishga sharoit yaratadi. Masalan,gumondor shaxs qo‘lidagi pistoletni hojatxonaga tashlab yuborganiniaytsa, tergovchi bu pistoletni hojatxonadan topgan va ishga ilova qilibqo‘ygan bo‘lsa, bu ko‘rsatmaning to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Shaxsso‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning ko‘rsatmalarini voqea joyidatekshirish mumkin.

  1. Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish.

Tergov harakatlarini ishlab chiqishda jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘rishning 7 ta holati mavjud:
1) voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish;
2) yon-atrofdagi joylarni ko‘rish;
3) xonalarni ko‘rish;
4) predmetlarni ko‘rish;
5) xonadagi hujjatlarni ko‘rish;
6) agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ichini ko‘rish;
7) pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish
Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi
uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi:
1) tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish;
2) yig‘ilgan hujjatlarni fikra n tahlil qilish va taxminiy xulosalarga kelish;
3) voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai nazardan tahlil qilish.Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyatning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.

  1. Ko‘rsatmalarni hodisa joyoda tekshirishdan maqsad




Ko’rsatmalarni hodisa joyida tekshirishdan maqsad.



Oldindan berilgan faktlarni tekshirish va aniqlash.

Ko’rsatmalardagi ziddiyatlarni toppish soxta ko’rsatmalarni fosh etish.

Jinoyatni keltirib chiqaradigan sabablar va sharoitni aniqlash.

Yangi dallilarni topish

Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish moddiy obyektlar, ularning belgilari hamda hodisani tergov qilish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, u yuz bergan va izlari topilgan makondagi o‘zaro aloqalarni aniqlash hamda bevosita tadqiq etishdir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish yuz bergan jinoiy hodisa haqidagi ma’lumotlarni, jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchunahamiyatga ega masalalarni hal qilishda faol, maqsadli idrok etish, tahlil qilish va olingan axborotni sintezlash sifatida ta’riflanadi. Tergovchining voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘idagi faoliyatini, shuningdek, har xil ma’lumotlarni qidirib topish va ishlatish hamda protsessual jihatdan qayd etish orqali jinoiy voqeaning fikriy modelini tuzish jarayoni sifatida ham ta’riflash mumkin. Har bir jinoyat moddiy vaziyatda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarning ongida o‘z aksini topadi. Voqea joyidagi vaziyatning o‘zgarishi aniqlanishi, qayd etilishi, tekshirilishi va dalil sifatida foydalanishi mumkin. Voqea joyini ko‘zdan kechirish odatda birlamchi tergov harakatlariga kiradi, shaxsga qarshi o‘ta xavfli jinoyatlarga doir ishlarning aksariyati esa voqea joyini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan to‘g‘ri tusmolning ilgari surilishiga bog‘liq. Boshqa tomondan, u ko‘p hollarda tergovning borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni noto‘g‘ri yo‘ldan ketishiga yoki boshi berk ko‘chaga kirishiga olib keladi.


Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekto`zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o`z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan.Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo`lish shakllari va ularning o`zaro bog`liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo`nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya–psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko`rinishlarini o`rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha «psixologos» so`zidan olingan bo`lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o`rniga «psixika» atamasini qo`llash qabul qilingan.
Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko`lamga ega bo`lib, inson ruhiyatining ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmas tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi
(Obyekt – kishilarning diqqatini o`ziga tortadigan moddiyva ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o`rganiladigan masalalar). Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiya, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo`linadi.

Yüklə 75,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin