Эркин иқтисодий ҳудудлар


-rasm. Dunyo portlarining Top-10 taligi reytingi



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

3.7-rasm. Dunyo portlarining Top-10 taligi reytingi
43
 
E‟tiborli tomoni shundaki, dunyo portlarining Top-10 taligi reytingida barcha 
portlar Osiyo mamlakatlari (Xitoy – 7 ta, Singapur, Janubiy Koreya va BAA – 1 
tadan) portlari egallaganligini ko„rish mumkin. Top-20 talikning 16 tasida Osiyo 
mamlakatlari portlari o„rin olganligi ham e‟tiborga molikdir. 
Mana shu kabi imtiyozlar berilgan ekan, erkin portlarda o„z tadbirkorlik 
faoliyatingizni yuritishingiz mumkinki, bunda biror-bir faoliyatga investitsiya kiritish 
foydadan holi emas, albatta. Agar hozirgi texnika taraqqiyoti davrida aynan shu 
sohaga investitsiyalar kiritilsa, u o„z samarasini bermasdan qolmaydi. 
Eng sodda erkin savdo hududiga maxsus bojxona to„lovlarisiz savdo 
do„konlarini (“dyuti fri”) kiritish mumkin. Bojxona tartibi nuqtai nazaridan ular xuddi 
mamlakat chegarasidan tashqaridagidek ko„riladi. Bu erda amal qiluchi bojxona 
rejimiga ko„ra, tovarlar bojxona to„lovi va soliqlar olinmagan holda sotiladi. Bunday 
do„konlarda tovarni faqatgana chakana usulda va faqatgina chet elga chiqib 
ketayotgan jismoniy shaxslarga sotish ruxsat etiladi.
Bojsiz savdo do„konlari boj olinmaydigan savdo do„konlari deb ham nomlanib, 
tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga 
muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiyaqilish uchun mo„ljallangan savdo obyekti 
hisoblanadi. Boj olinmaydigan savdo do„konining hududi savdo zallarining, 
yordamchi binolarning va do„kon omborining hududlarini o„z ichiga oladi. 
43
https://transportationstore.informa.com/wp-content/uploads/woocommerce_uploads/2018/09/LL-Top-Ports-
sampler.11-page. 


86 
Dunyodagi birinchi bojxona to„lovlarisiz savdo magazini 1947-yilda Shennon 
aeroportida (Irlandiya) tashkil etilgan bo„lib, unda farang atir upalari, irland kiyim 
kechaklari va boshqa kam hajmli tovarlar sotilgan. O„sha davrdan beri bunday savdo 
tizimi keng tarqaldi. Sotish hajmi bo„yicha eng katta bojxona to„lovlarisiz savdo 
markazlari bu Amsterdam, Dubay va Singapurdir. 
Boj olinmaydigan savdo do„konining ishlashini ta‟minlash uchun zarur 
O„zbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qo„llanilmaydi. 
Boj olinmaydigan savdo do„konlari ikki turga bo„linadi: 
a) bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib 
ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini 
yoki O„zbekiston tovarlarini O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va 
(yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan, joyning o„zida 
iste‟mol qilish uchun chakana sotishga mo„ljallangan, O„zbekiston Respublikasining 
Davlat chegarasini kesib o„tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo 
do„koni; 
b) chet davlatlarning O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 
belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan 
vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek, ular 
bilan birga yashaydigan va O„zbekiston Respublikasi fuqarosi bo„lmagan oila 
a‟zolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini O„zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga 
mo„ljallangan, 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Tashqi 
ishlar 
vazirligida 
akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do„koni. 
Savdo hududlarining yana bir turi erkin omborlar hisoblanib, erkin ombor 
maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo„lib, u tovarlarni erkin ombor bojxona 
rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun mo„ljallangan binolar hududini va 
(yoki) ochiq maydonchalarni o„z ichiga oladi. 
Erkin omborning ishlashini ta‟minlash uchun zarur O„zbekiston tovarlariga 
erkin ombor bojxona rejimi qo„llanilmaydi. 
Boshqa tovarlarga zarar etkazishi mumkin bo„lgan yoki alohida saqlash 
sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus 
moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi bo„lgan alohida 
binolarda qonun hujjatlariga 
muvofiq belgilangan 
majburiy 
talablarga 
rioyaqilingan holda saqlanishi kerak. 
Odatda, savdo hududlari bojxona anklavi sifatida tashkil etiladi. Savdo 
hududidagi korxonalar uning hududidan tashqaridagi korxonalar bilan bog„liq emas 
va ularning mahsuloti eksport uchun muljallangan bo„ladi. Savdo hududlarining 
davlat bilan bo„lgan munosabati valyuta tushimlaridan to„lov va ijara haqi bilan 
chegaralanadi, hududdan tashqaridagi korxonalar bilan munosabatlar esa tashqi savdo 
shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin