18
rayonlar hisoblangan. Ular xorij mahsulotlarini olib kirish, olib chiqishda erkin va boj
to„lovlaridan
ozod qilingan, mamlakatning bojxona territoriyasidan ajratib olingan
hududlardir.
Bunday hududlar hozirgacha saqlanib kelgan. U yerda tovarlar chegaralangan
yoki cheklanmagan muddatgacha omborxonalarda saqlanadi, taqsimlanadi,
qayta
taqsimlanadi va qayta ishlab chiqiladi, so„ngra shu mamlakat ichki bozoriga boj
to„lovi bilan yetkaziladi yoki boj soliqlarisiz chetga olib chiqib ketiladi.
Bunday iqtisodiy hududlardan foydalanish mol yetkazib beruvchilar uchun
ancha qulay bo„lgan, chunki ular tovarga yetarlicha talab va albatta,
unga mos
ravishda narxning ham ko„tarilishini, tovarni sotmasdan kutib turish, mahsulotni
ulgurji xaridorlarga taqdim etish imkoniga ega edilar.
Keyinchalik esa “erkin portlar” tashkil qilingan, bu hududda tovarlar uchun
xaridorlar topilgunicha, tovarlarga boj to„lovlari to„lanmasdan omborlarda saqlanishi
mumkin bo„lgan. Dastavval “erkin portlar” ichki bozorni rivojlantirish uchun tashkil
qilingan, keyin esa xalqaro savdoning rivojlanishiga qo„shilish
maqsadida tashkil
qilingan. “Erkin portlar” Genuyada (1595 y.), Venetsiyada (1661 y.), Marselda (1669
y.), Rossiyada – Odessada (1817 y.), Vladivostokda (1862 y.), Batumida (1878 y.)
tashkil qilingan
25
. Ular porto-franko nomi bilan mashhur.
XX asrning boshlarida porto-frankolar Maltada, Sulinda, Singapurda,
Adeneyada mavjud edi. Ikkinchi Jahon urushigacha 26 mamlakat va hududlar
ishtiroki bilan 75ta erkin portlar va erkin savdo hududlar tashkil qilingan.
EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi
XX asrning ikkinchi
yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda keng
tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish
iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi. Bunga mustamlaka
tuzumlarning qulashi natijasida iqtisodiy rivojlanish yo„liga yuzga yaqin mustaqil
davlatlarning qo„shilishi; o„nlab integratsiya uyushmalarining
tashkil topishi; yangi
industrial mamlakatlarning jahon xo„jaligiga faol qo„shilishi; jahon sotsialistik
tuzumining qulashi; ilmiy-texnika inqilobi rivojlanishi, dunyoda raqobatning va
iqtisodiy jarayonlar erkinlashuvining kuchayishi kabi omillar sababchi bo„lgan.
EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi
yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng
tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish
iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi.
Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIHlar
mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi band va tashqi savdo aylanmasi 1,5 trln. AQSh
dollaridan ziyod. YuNKTAD ma‟lumotlariga ko„ra: eng ko„p EIH AQShda – 266
tani tashkil etadi.
G„arbiy Yevropada birinchilardan bo„lib tashkil qilingan EIH 1959-yilda,
Irlandiyadagi xalqaro Shennon aeroporti yaqinidagi eksport-ishlab
chiqarish hududi
edi. Hozirgi davrda bu hudud mamlakat rivojlanishi katta xissa qo„shadi. Bu hududda
24 ming kishi ish bilan ta‟minlangan, u erda eksport uchun mahsulotlar ishlab
chiqariladi, mamlakatning qoloq g„arbiy qismlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga va
25
http://www.vlasovaandpartners.ru/ru/pub7_sez.shtml R. Laxreev SEZ
19
buning natijasida butun mamlakat rivojlanishiga olib keladi.
EIHlar Buyuk Britaniyada, Germaniyada, Italiyada,
Fransiyada va regionning
boshqa mamlakatlarida ham EIHlar tashkil qilingan bo„lib, ular muvaffaqiyat bilan
faoliyat yuritayapti. U erda ko„proq turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar
va offshor markazlari tarqalgan.
Mintaqada keng tarqalgan erkin savdo hududlarining soni 120 ta atrofida.
Italiyada misol uchun, erkin savdo hududining boj to„lovlaridan ozod etilgan
omborxonalar faoliyat yuritadi. Ular Neapolda, Genuyada, Barida, Imperii, Livorno,
Palermo va Rimda joylashgan. Buyuk Britaniyada esa EIHlar Liverpul,
Birmingem,
Kardif, Belfast aeroportlarida tashkil qilingan. Ko„pgina xalqaro aeroportlarda
joylashgan, erkin iqtisodiy hududning turlaridan biri bo„lmish,
Dostları ilə paylaş: