Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Axborot mulkdori
– o„z mablag„iga yoki boshqa qonuniy yo„l bilan olingan 
axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxs; 
Axborotni muhofaza etish
– axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning 
oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari; 
Axborot resurslari
alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to„plamlari, 
axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma‟lumotlar 
banklardagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to„plamlari; 
Axborot sohasi
– sub‟kutlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan 
foydalanish bilan bog„liq faoliyati sohasi; 
Axborot borasidagi xavfsizlik
axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarining himoyalanganlik holati; 
Axborot egasi
– qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan 
huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf 
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 

 
Bankdlik 
– aholini ish bilan ta‟minlash, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy 
foydali mehnat bilan mashg„ul bo„lishi. 
Bank kafolati
– kafil banklarning mijozlari majburiyatlarini o„z zimmasiga 
olishi. Mijozlar qarzlarini o„z hisobidan va o„z muddatida to„lay olmagan hollarda 
banklar ularning topshirig„iga ko„ra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga 
oladi. Qarz tegishli ta‟minot (garov) asosida bank tomonidan to„lanadi. 
Bank krediti
– banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun ma‟lum 
shartlar va tamoyillarga asoslanib, kapital berishi. 
Bank ssudasi
– bankning foiz to„lovi sharti bilan kreditga berilgan pul mablag„i. 
Qisqa va uzoq muddatli turlarga bo„linadi.
Bank foiz stavkasi
– bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq 
miqdori. Qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kreditning 
turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog„liq.
Bankrot
– 1) qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o„z qarz majburiyatlari 
bo„yicha mablag„i bo„lmaganligi uchun to„lashdan bosh tortishi; 2) xo„jalik sudi 
tomonidan e‟tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo„yicha kreditorlar 
talablarini to„la hajmda qondirishga yoki majburiy to„lovlar bo„yicha o„z 
majburiyatini bajarishga qodir emasligi. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin