Эркин иқтисодий ҳудудлар


Moliyaviy investitsiyalar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Moliyaviy investitsiyalar 
– mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish 
bilan bog„liq bo„lgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog„ozlar orqali 
qo„yilmalar kiritish.
 
Moddiy boylik
, moddiy ne‟mat – muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan 
narsa, hodisa, mehnat, mahsulot; milliy boylikning tarkibiy qismi. 
Moddiy ishlab chiqarish
– jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan 
moddiy ne‟matlarni yaratish jarayoni. 
Moddiy resurslar
– iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun 
zarur bo„lgan moddiy-ashyoviy ne‟matlar yig„indisi, moddiy-ashyoviy shakldagi 
iqtisodiy resurslar.
Modernizatsiya
, modernizatsiyalash, modernizatsiya qilish (frants. moderne – 
eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni 
zamonaviy talablarga muvofiq o„zgartirish. Modernizatsiya qilishda mashina, 
apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti 
talablariga muvofiq qayta ishlanadi. 
Moliya
– maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish 
yuzasidan paydo bo„ladigan iqtisodiy munosabatlar; pul oqimlari harakati. Moliya 
pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi: taqsimlash 
vazifasi; rivojlantirish vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi; axborot berish vazifasi; 
nazorat vazifasi. 
Moliya yili 
– birinchi yanvardan o„ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo„lgan 
vaqtni o„z ichiga oluvchi davr.
 
Monitoring
– (ingl. monitoring – kuzatish, nazorat qilish) – ma‟lum bir hodisa 
yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida qo„llaniladigan monitoring berilgan 
ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz to„lash jarayonining borishi ustidan nazorat 
qilishda namoyon bo„ladi. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin