O‘qish xarajatlarini kamaytirish – metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ talab qilinmaydi.
LMSNING AFZALLIKLARI:
Moslashuvchanligi – o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.
LMSNING AFZALLIKLARI:
Zamon bilan hamnafasligi – elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng yangi zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradilar.
Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida yangilab turish imkoniyatlari mavjud.
LMSNING AFZALLIKLARI:
Ta’lim olishning tengligi – o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
LMSNING AFZALLIKLARI:
Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati – o‘quv jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin.
Ushbu afzalliklar standart saytlar yaratish uchun CMSdan foydalanishni eng maqbul yechimga aylantirdi.
LMSNING KAMCHILIKLARI:
LMSni joriy etish yaxshi texnologik infratuzilmani talab etadi.
O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka ega bo‘lishlari hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.
LMS tizimlarining asosiy vazifalari:
O‘quv kontentlari bilan ishlash: kurs yaratuvchi o‘qituvchilar tomonidan elektron o‘quv materiallari (matnli, audio, video va b.)ni yaratish va kiritish; elektron materiallarni import/eksport qilish; elektron kutubxona tashkil etish; mualliflik dasturlari yordamida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklash.