O‘quv jarayonini boshqarish: tizim foydalanuvchilari (kurs yaratuvchi o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish; sinflar yaratish va o‘quvchilarni sinflarga biriktirish; o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish; har xil ijtimoiy so‘rovlarni tashkil etish; foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish.
LMS tizimlarining asosiy vazifalari:
Baholash: nazorat topshiriqlari (amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, savol va testlar)ni kiritish; o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va bilim darajasi monitoringini olib borish; sertifikatlar (diplomlar) berish.
LMS tizimlarining asosiy vazifalari:
Foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqa: o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki guruh bo‘lib, hamkorlikda ishlashini tashkil etish; o‘quvchilarning o‘zaro yoki o‘qituvchilar bilan muloqotini chat, forum, videokonferensiya orqali tashkil etish; o‘quv jarayoniga taalluqli e’lon, xabar yoki yangiliklarni ommaviy tarzda uzatish.
LMS tizimlarining asosiy vazifalari:
Statistika: tizim foydalanuvchilarining faoliyati haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish; maxsus grafiklar orqali tizimdagi faol foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni olish.
Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS)
elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma.
LMS platformalar 3 turga bo‘linadi:
bulutli platformalar;
serverga asoslangan LMSlar;
CMS bilan integratsiyalashgan LMSlar.
LMSning bulutli platformalari
o‘quv kursining materiallari LMSning bulutli platformalarida veb-xizmatni taklif etuvchining server kompyuteriga joylashtiriladi. LMSning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga o‘rnatib bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari veb-xizmat (masalan, pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni veb-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, o‘quv kurslarini yaratish mumkin.