Shoir lirikasi
Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis
sifatida barakali ijod qilgan
bo„lsa-da, avvalo, u
lirik shoir sifatida adabiyotga kirib
kеlgan, xalqimiz
qalbidan
ham nafis, ham
dolg„ali, ham isyonkor
shе'rlari orqali joy olgan.
Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida
kеchdi.
Shoir
o„z qo„lidagi qurol - shе'r,
uning tabiati va
shoirning el-yurt oldidagi burchi-vazifasi xususida
ko„p o„yladi, shе'r va
shoir haqidagi qarashlarini
bayon etdi. Shoir
“Saylanma”siga kirgan shе'rlar
bu boradagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.
Darhaqiqat, Erkin Vohidov
o„zining
butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-
o„ylarini ifodalash,
millatimiz
taqdiriga daxldor muammolarni dadil
ko„tarib chiqish,
kishilarimiz madaniy-
estеtik saviyasini yuksaltirishdеk ezgu
maqsadlarga
yo„naltirilgan.
Bu
jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan
“O„zbеgim”
qasidasi
alohida
ahamiyatga ega.