Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
«Yashil do‘stlar» deganda nimani tushunsiz? Nima uchun ularni do‘st deb atayapmiz?
O‘zbekistonda qanday shifobaxsh mevali daraxtlar bor?
Qanday o‘yin o‘ynadik?
Suhbat natijasida bolalarda tabiatni sevish, ularga zarar yetkazmaslik kabi ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.
Mavzu. «Halollik» ertagini o‘qib berish. Suhbat maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar” mazmunidagi 47-moddasi asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga halol odamlar haqida so‘zlab, halollik tushunchasiga izoh berish. Halollik, poklik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. Asar orqali bolalarning ma’naviy tarbiyasiga ta’sir etish. Mehnat orqali yetishtirib olinadigan hosilni ko‘pchilik bilan baham ko‘rish niyatida halol mehnat qilish, mehnatsevarlikni tarbiyalash.
Kutilayotgan natija:bolalarda halollik, poklik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalanadi.
Suhbatning borishi: Bolalar, halollik, rostgo‘ylik haqidagi hikmatli so‘zlarni eshitib o‘zimizga xulosalar chiqarib olyapmiz. Yaqindagina bog‘chamizda Mahmud degan bola haqida hamma gapirib yurdi. Mahmud bog‘cha hovlisining yo‘lagidan pulli karmon topib olib, bog‘cha opasiga bergan. Bog‘cha opasi esa bu haqda bog‘cha mudirasiga xabar beribdi
Karmon egasi Nodirning buvisi ekan. Nodirning buvisi Mahmuddan, uning bog‘cha opasidan minnatdor bo‘lib yaxshi duolar qilibdi. Qaranglar, yaxshilik, halollik qanday yaxshi. Mahmud halol, odobli bola ekanligini hamma biladi.
Bugun men shu voqeaga yaqin ertak aytib beraman. Diqqat bilan eishting. Halollik nimalarga qodir ekanini bilib olasiz. Tarbiyachi ertakni ifodali qilib o‘qib beradi.
Asar bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazadi.
Dehqon qo‘shnisiga nima sotibdi?
Yerni sotib olgan qo‘shni nima qilibdi?
Yerdan nima topib olibdi?
Kambag‘al dehqon humchani nima qilibdi?
Boy dehqon nima deb javob beribdi?
Ikkala dehqon kelishib nima qilishibdi?
Kambag‘al dehqan qanday hayot kechiribdi?
To‘g‘ri, bolalar kambag‘al dehqon o‘z mehnati bilan murod maqsadiga yetibdi. Bir kishining halolligi, rostgo‘yliga tufayli ko‘pchilik risq-nasibali bo‘lishibdi. Halolligi bilan qanchadan-qancha kambag‘al bechoralarning ko‘nglini xushnud qilgan.
Bolalar, kambag‘al dehqon topib olgan xumchasini ko‘pchilik bilan baham ko‘rgan ekan. Biz hozir maydonchamizda ziravor ko‘katlar ekib, oshxonamizga yetkazib bersak, butun bog‘cha bolalari bilan halol mehnatimizning hosilini baham ko‘ramiz.
Axir hikmatli so‘zda “O‘zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko‘r”, deyilgan-ku!
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda maydonchaga chiqib ziravorlar ekib mehnat qilishadi.