Ertalabki suhbatlar


Jismoniy daqiqa. O‘yin: “Yo‘l harakati”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə24/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Jismoniy daqiqa. O‘yin: “Yo‘l harakati”
Bolalarni xohlagan transport bo‘lishlarini taklif etish.
Bolalar transportlarni nomlaydilar. Tarbiyachi yashil doirachani ko‘targanda, bolalar transportlar kabi harakatlanishadi, qizil doirachani ko‘targanda esa hammalari to‘xtaydilar (o‘yin mana shu holatda 2 – 3 marta takrorlanadi).
Tarbiyachi : Bolalar, siz davlat avtomobil nazorati xodimi-militsioner vazifasi nimalardan iboratligini bilasizmi? (Bolalar javoblari)
Tarbiyachi: To‘g‘ri,bolalar, nazoratchi ko‘cha harakatini tartibga soladi. Yo‘lovchilar tomonidan ko‘chada yurish tartibi buzilish holati ro‘y bersa, nazoratchi yo‘lovchilarni to‘xtatib, ularga ko‘chada yurish tartibini tushuntiradi.


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Bolalar,ko‘cha, yo‘l haqida nimalarni bilib oldingiz?
Piyodalar yo‘lning qaysi qismidan yurishlari kerak?
Svetoforning qizil chirog‘i piyodaga nima deydi?
Svetoforning sariq chirog‘i piyodaga nima deydi?
Svetoforning yashil chirog‘i piyodaga nima deydi?
Suhbat yakunida faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.


Maktabga tayyorlov guruh
(6-7yosh)
Mavzu: «O‘zbekiston davlati» suhbat
Suhbat maqsadi: Bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston-suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi” mazmunidagi 1-moddasi asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga tug‘ilib o‘sgan joyi haqida so‘zlab, ona-Vatanga nisbatan muhabbat uyg‘otish. Konstitutsiya haqidagi tushuncha berish. Fuqaro so‘zining ma’nosini tushuntirib berish. Tug‘ilganlik haqida xujjat fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat ekanligi haqida tushuncha berish. Bolalar ham O‘zbekiston fuqarosi ekanligi, ularning ham hayotda burchlari borligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Tasviriy faoliyatda har bir Respublikaning milliy kiyimlaridagi naqsh elementlariga e’tibor berib turli xil jilolar bilan bezash. Bajargan ishlaridan quvonish tuyg‘usini o‘stirish.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin