Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə6/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

11-mavzu: “Mehnatsevarlik”
Bolalarni kattalarga sidqidildan yordam berishga odatlantirish. O‘zi qilgan ishning boshqalarga foydasi borligini bilishga, boshlagan ishini oxiriga yetkazib, hammaga yoqadigan bo‘lishga undash. O‘z mehnatining natijasidan quvonish hissini shakllantirish, mehnatsevarlikni tarbiyalash.
Qiz bolalarni ota-onasiga uy ishlariga yordam berishga odatlantirish, o‘g‘il bolalarga dadalariga yordamchi ekanini, oilada og‘ir ishlarni o‘g‘il bolalar bajarish kerakligi haqida tushuncha berish.


12-mavzu: “Kiyinish odobi”

Kiyinish ham odobi xaqida tushuncha berish. Kiyimlarni ozoda saqlash va kiyish, ularni saranjom sarishta saqlash. Kiyimlarni mustaqil holda tartibli, orasta kiyib-yechish, tugmasini taqish, bog‘ichlarini bog‘lash, oyoq kiyimlarni toza holatda juftlab, o‘z joyiga olib qo‘yish, ularni oyoq kiyim shkafida saqlash, o‘zidagi tartibsizlik, pala-partish kiyinishni sezib, uni kattalar yordamida bartaraf etish.


13-mavzu: “Dasturxon odobi”
Bolalarga ovqatlanish odobi, tartibiga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin qo‘llarni tozalab yuvish, iflos qo‘llar bilan ovqatmaslik haqida tushuncha berish. Bolalarga dasturxon odobi xaqida ma’lumot berish, dasturxon atrofida o‘zini yaxshi tuta olish, o‘zidan kattalarga iltifot ko‘rsatish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ham odoblilik belgisi ekanligini tushuntirish: dasturxonga qo‘l uzatish, ovqat yeyish, choy uzatish va so‘zlashish odobi, ota-onaga ovqatlanib bo‘lgach dasturxondagi nozu-ne’matlar uchun minnatdorchilik bildirish. Dasturxon atrofida o‘tirishning o‘ziga xos qoidalarini rasmlar orqali izohlash.
Mavzuga mos hikoya va rivoyatlar o‘qib berish.


14-mavzu: “Shirinso‘z bo‘lish”
Bolalarga inson odobini, xulq atvorini ko‘z-ko‘z qiladigan xushmuomalalik, shirinso‘z bo‘lish xaqida til, so‘zlashish qoidasi haqida tushuncha berish. Bolalarni shirinso‘z bo‘lishga da’vat etish. Avvalo shirinso‘zlik nima ekanini tushuntirish. Shirinso‘zlikning insonlarning kayfiyatiga, ruhiyatiga ta’siri xaqida tushuncha berish. Qizlarga “yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi”, “Avval o‘yla, keyin so‘yla” maqollarining mazmunini tushuntirish. Inson xatolarni ko‘proq o‘z tili bilan sodir qilishini hayotiy misollar bilan tushuntirish. Mavzu bo‘yicha Abu Ali Ibn Sinoning so‘zlaridan misollar keltirish. Mavzuga doir hikoya o‘qib berish.



Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin