Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə29/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Konstitutsiyamizdagi ayrim moddalarni eslab o‘taylik.
Har bir bolaning xuquqi nima? Burchlari nima?
Vatan haqidagi she’r, qo‘shiqlarni ayting.
Suhbat bolalarda Konstitutsiya kunini katta bayram kayfiyatda kutib olish kerakligi, Konstitutsiyani hurmat qilish, uni bilish kerak ekanligi to‘g‘risida ko‘nikma hosil qiladi.


Mavzu. Mening huquq va burchlarim mavzusida suhbat
Suhbat maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquq va burchlari nimadan iborat ekanligi, yaxshi tarbiyali bola bo‘lish, axloqiy qoidalarga rioya qilish, ota-onani hurmatlash kabi vazifalarni anglashlariga ko‘maklashish.
Kutilayotgan natija: Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquq va burchlari nimadan iborat ekanligi, yaxshi tarbiyali bola bo‘lish, axloqiy qoidalarga rioya qilish, ota-onani hurmatlash kabi vazifalarni anglab yetadilar.
Suhbatning borishi: Tarbiyachi: Bolalar, sizning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kitobi haqida tushunchangiz bor. Demak, har bir davlatning o‘z ramzlari, o‘z qonunlari bo‘ladi. Konstitutsiya biz uchun aziz va qadrli! Negaki unda insonlarga g‘amxo‘rlik qilish haqida yozilgan, to‘g‘rimi? Bugun esa Konstitutsiya haqida to‘liqroq gapirib berishga harakat qilaman. Konstitutsiyada fuqarolarning hukuq va burchlari ko‘rsatilgan. Fuqarolar kimlar? Fuqaro shu yurtning doimiy aholisi, ya’ni siz va biz. Burch nima? Burch bajarilishi shart bo‘lgan vazifa. Demak, Konstitutsiyada bolalarning, kattalarning bajarilishi shart bo‘lgan vazifalari ko‘rsatilgan.
Masalan, bog‘cha bolalari oldida ham yaxshi tarbiyali bola bo‘lish, axloqiy qoidalarga rioya qilish kabi vazifalar turibdi.
Bu vazifalarni bajarish har bolaning burchidir.
Yaxshi tarbiyali bolalar qanday bo‘ladilar?

  1. Ular ota-onalarini hurmat qiladilar.

  2. Aytgan nasihatlariga quloq soladilar. Kattalar bajarayotgan ishlariga ko‘maklashadilar.

  1. O‘z uylarini, guruhlarini ozoda tutadilar.

  2. Vatanini sevadilar.

Tarbiyachi: Mana siz tarbiyali bolalar vazifalari, burchlari haqida tushunchaga ega bo‘ldingiz. Axloqiy qoidalarga rioya qilish ham bizning burchimiz. Axloq nima? Axloq- bu bolalarning, kattalarning, yaxshi-yomon sifatlari, odatlari. Axloqsizlikdan, tartib-buzarlikdan kelib chiqadi.
Masalan, bolalar orasida o‘rtoqlarini mensimaydiganlar, sochlaridan tortib qizlarga ozor beradigan, zinadan tushayotganda shoshib yurib, o‘rtog‘ini itarib yuboradigan, o‘rtoklarini haqorat qiladigan, tabiatga zarar yetkazib, daraxt sindiradigan, qushlarga ozor yetkazadigan, o‘yinchoqlarni sindiradigan bolalar uchraydi. Biz bunday bolalarni tartibga chaqirib, axloqiy qoidalarga rioya qilishlarini eslatib turishimiz kerak.
Huquq o‘zi nima? Huquq bu qonun bilan himoyalanadigan, o‘z hayoti, ehtiyoji, konstitutsion huquqiga ko‘ra har bir fuqaroga berilgan imtiyozlardir. Siz bolajonlarning huquqingiz nimadan iborat?

  1. Siz tug‘ilishingiz bilan ism, familiya olish
    huquqiga egasiz.

  2. Siz oilada tarbiyalanish, o‘z ota-onangizni bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egasiz.

  3. Siz bog‘chada ta’lim-tarbiya olish, dam olish kunlari ota-onangiz bilan istagan joyda dam olishingiz mumkin.

Mana, bolalar siz o‘z huquq va burchlaringiz haqida qisqacha bo‘lsa ham bilib oldingiz.
Konstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarish zarur, guruhlarimizni ozoda saklash kerak, bu bizning burchimiz. Kelinglar, hozir biz hammamiz birgalikda guruhlarimizning tabiat burchagini tartibga solamiz. Bu bilan biz o‘z burchimizni bajargan bo‘lamiz.O‘yin tabiat burchaklarida mehnat qilish bilan suhbat yakunlanadi.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin