VIII bo‘lim. “Yong‘in” 1- mavzu “Yong‘in” Bolalarga yong‘in-bu katta ofat ekanligini tushuntirish. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va oldini olish yo‘llari haqida tushuncha berish. Yong‘inga qarshi qonun-qoidalar bilan tanishtirish. Yong‘in o‘chiruvchilarning xavfli mehnatlari bilan tanishtirish, ularga nisbatan muhabbat uyg‘otish. Olovning zararli va foydali tomonlarini tushuntirish. Kuyish jarayonida beriladigan birinchi yordam elementlari bilan tanishtirish. Yong‘in chiqaruvchi narsalar bilan tanishtirishda davom etish. Yong‘in chiqqan vaqtda “01” telefon raqamiga telefon qilish lozimligini uqtirish.
IX bo‘lim “Zilzila” 1- mavzu. “Zilzila” Bolalarni yer qimirlash va uning belgilari bilan tanishtirish, yer qimirlaganda bolalar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida tushuncha berish. Yer qimirlagan vaqtda berkinish mumkin bo‘lgan xavfsiz yerlar bilan tanishtirish.
X bo‘lim “Suv toshqini” 1- mavzu “Suv toshqini” Bolalarga sel va ko‘chkilar haqida tushuncha berish. Sel va ko‘chki vaqtida o‘z hayotlarini saqlash uchun xavf-xatarsiz joy bilan tanishtirish. Sel va ko‘chki vaqtida olgan jarohatlarga ko‘rsatiladigan birinchi yordam elementlari bilan tanishtirish.