Yosh davrlari psixologiyasi test savollari va javoblar
?Bolaning psixik rivojlanishini ta'minlovchi omillar va shart - sharoitlar qaysi javobda berilgan? +irsiyat, muhit, bolaning shaxsiy faolligi, tarbiya va ta'lim; ?Ilk bolaiik davrida shakllanadigan muhim sifatlar nimalardan iborat? +tik turib yura olish, predmetli faoliyat va nutqni egallash; ?Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar bayon etilgan javobni aniqlang? +bola rivojlanishiga ta'sir etuvchi yangi ijtimoiy sharoitini kelib chiqishini, bu sharoitning bola syujetli - rolli o'yinlarida ifodalanishi; o'z - o'zini tushunish va o'z - o'zini baholashning o'sishi; harakat motivlari va shaxsiy xulq - atvorini boshqalar talabiga moslashtirilishi, o'quv faoliyati elementlarini o'zlashtirilishi. ?Uch yosh krizisi (inqirozi) qanday xatti - harakatlarda ifodalanadi? +o'zini o'zgalardan farqlay (ajrata) olish, o'z imkoniyatlarini tushunish, mustaqillikka intilish, o'z istaqlarini katta yoshdagi odamlar xohish istagiga qarama - qarshi quyish va kattalarni bolaga munosabatida eski tipdagi munosabatini saqlab qolishi; ? 0'quv faoliyati motivlari nimalardan iborat? +qiziqish, intilish, ustanovka, e'tiqod va dunyoqarash bilan belgilanadigan insonning faollik manbalari bilan bog'liq o'qish faoliyatiga bo'lgan turtkidir. ?Ta'lim jarayoniga ta'sir etuvchi omillar qaysilar? +yod olinayotgan materiallarda insonning hayotiy tajribasi, tushuncha va bilimlarida aks etishi mumkin bo'lgan, u yoki bu darajada aniq qonuniyatlarning mavjudligi hisoblanadi.