"Yosh davrlari psixologiyasi"
?Yosh davrlari psixologiyasining fan sifatida o’rganish sohasi qaysi javobda ko’rsatilgan? + Odam psixikasining yosh davrlar dinamikasini, rivojlanayotgan odam shaxsining psixik sifatlarini va psixik jarayonlarning ontogenezini o’rganadi;
?Pedagogik psixologiya fan sifatida o’rganadigan sohasi ko’rsatilgan javobni aniqlang? +Ta’lim va tarbiyaning psixologik konuniyatlarini va o’kituvchi psixologiyasini o’rganadi;
?Bola psixik rivojlanishining shartlari nimalardan iborat? +Bolaning odamlar orasidagi hayoti, psixik faolligi, ijtimoiy tashqil etilgan va rag’batlantirib turuvchi faoliyati.
?Ijtimoiy muhit va ijtimoiy munosabatlar boladagi qaysi anotomik-fiziologik o’zgarishlarga bog’liq? +Tik turib yura olish, predmetli faoliyat va nutqni egallash;
?Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar bayon etilgan javobni aniqlang? + Bola rivojlanishiga ta’sir etuvchi yangi ijtimoiy sharoitini kelib chikishini, bu sharoitning bola syujetli - rolli o’yinlarida ifodalanishi; o’z - o’zini tushunish va o’z - o’zini baholashning o’sishi; harakat motivlari va shaxsiy xulq - atvorini boshqalar talabiga moslashtirilishi, o’quv faoliyati elementlarini o’zlashtirilishi.
?Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi qanday xususiyatda ifodalanadi? + Bola hissiyot va irodasi rivojlanishidagi ma’lum darajaning shakllanganligi va shu asosida ixtiyoriy ongli o’sish ehtiyojining shakllanganligi, o’z xatti - harakatlarini ixtiyoriy boshqara olishning shakllanganligi;
?Uch yosh krizisi (inqirozi) qanday xatti - harakatlarda ifodalanadi? +O’zini o’zgalardan farqlay (ajrata) olish, o’z imkoniyatlarini tushunish, mustaqillikka intilish, o’z istaqlarini katta yoshdagi odamlar xohish istagiga qarama - qarshi qo’yish va kattalarni bolaga munosabatida eski tipdagi munosabatini saqlab qolishi;