Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 32,55 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü32,55 Kb.
#168258
Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi

Reja:



1. Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
2. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
3. Foydalanilgan adabiyotlar


Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o‘z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taq­simlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi.
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi.
Ishlab chiqarishning yangi usuli xo‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal tuzumlarda natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo‘jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. SHunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi.
Agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ish­lab chiqarish munosabatlari sinfiy tuzumning vazifa­lariga xizmat qilsa, bu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi.
Ibtidoiy-jamoa tuzumining xo‘jalik tuzilmasi to‘g‘risi­da aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi uchun gumon (taxmin) qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yo‘q bo‘lganligi uchun ana shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bo‘lmagan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda ham pul o‘zining barcha funksiyalarini bajarolmagan. SHunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham umumiylik kasb etolmagan.
Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli bo‘lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo‘shinlarga asos solinishi, yo‘l qurilishining joriy etilishi bilan moliyaning roli oshib borgan.
Quldorlik tuzumida pul ko‘rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo‘jalik yuritishga asoslangan feoda­lizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilishi mumkin emas edi.
Jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o‘tishi munosa-bati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiy-lik xarakteriga ega bo‘ladi. Moliyaning tarixiy xarakter­ga ega ekanligi har qanday davlat o‘z funksiyalarini amal­ga oshirish uchun zarur bo‘lgan fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi.
Bugun kundalik turmushga “moliya” atamasini ilk bor kiritgan muallifni aniqlash juda murakkab. Bu atamaning birinchi muallifi sifatida 1577 yilda “Res­publika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Bodenni hisoblash mumkin.
Moliyaga bag‘ishlangan ishning birinchi evropalik mualli­fi Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355 yillar) hisob­lanadi. Uning shu xususdagi asari “Afina respublikasi­ning daromadlari to‘g‘risida” deb nomlangan. Aristotelda (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) moliya sohasidagi qarashlar uning “Afina davlat tuzilmasi” deb nomlangan asarida bayon qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar to‘g‘risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan shug‘ullangan evropalik olim-larning uzoq ro‘yxatini F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) boshlab beradi. U ilk marta qirolning soliqlarni undi­rish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
Moliya bo‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni kiritish mumkin. XVII asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qo‘shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, Gautonlarni alohida ajratib ko‘rsatish kerak.
L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.YUsti va I.Zonnen-fels kabi nemis olimlari XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘sh­ganlar. Ular adabiyotlarda kameralistikaning nemis mak­tabi vakillari sifatida kiritilgan. I.YUsti 1746 yilda nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida moliya to‘g‘risidagi kameralistik maktab vakillarining qarashla­rini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib ko‘rsatilgan.
Fiziokratlarning o‘tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o‘r­ganganlar. Ularning asarlarida moliyaning turli yo‘na­lishlari (aspektlari) tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, D.YUm, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko‘rsatish mum­kin. Aynan V.Petti (1623-1687 yillar) o‘zining “Soliq­lar va yig‘imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi hi­soblanadi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi (tug‘ilishi) va rivojlanishi XVIII asrga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu mak­tab mualliflari (fransuzlar – A.Tyurgo, F.Kene va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo‘lishiga qaramas­dan mumtoz maktab vakillarining moliya to‘g‘risidagi ta’­limotlarini bir necha asosiy yo‘nalishga keltirish mumkin.
XIX asrning oxirlaridagi moliyachi-olimlar qatoriga 1877 yilda moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni va 1892 yilda “Davlat moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. XIX asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1826-1832 yillarda uchinchi qismi to‘liq moliyaga bag‘ish-langan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya fanining asosiy boshlanishi” deb nom­langan asari 1867 yilda rus tilida nashr etilgan.
XIX asrning birinchi choragida nashr etilgan nemis olim­laridan Soden (1811 yil), YAkob (1821 yil), Malxus (1830 yil) va SHenlarning (1832 yil) moliya to‘g‘risidagi asar­lari alohida mashhurlikka ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin bu ishlar “moliya” tushunchasining tarkibiga birinchi mar­ta mahalliy moliyani kiritgan L.fon SHteyn va moliya fanining mumtozi A.Vagnerlar (uning “Moliya to‘g‘risi­dagi” asari 1880 yilda nashr etilgan) dunyoqarash­larining shakllanishida katta rol o‘ynadi. XIX asr oxirlarining etakchi moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQSHlik E.Seligmanni va nihoyat, “Moliya fani asoslari” deb nom­langan asari 1869 yilda (1900 yilda – rus tilida) nashr­dan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin.
Moliya sohasidagi bayonning birinchi rus muallifi Ivan Groznыy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xa­zina daromadlarini ko‘paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori bo‘lgan.
XVII asrdan bizgacha YU.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi asarlari ham etib kelgan. YU.Krijanich o‘z asarlarida evropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga oid qarashlari va mulohazalaridan keng foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga “bog‘laydi”.
XVIII asrning boshlarida moliya nazariyotchilarining yi­rik vakili I.Pososhkov hisoblanadi. Uning moliya soha­sidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqi­mandani undirayotgan paytda uning to‘lovchisini xonavay­ron qilmasdan, to‘lovchidan to‘lovni amalga oshirish mud­datlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim.
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir necha asarlar paydo bo‘ldi. Ularning orasida yaqqol ko‘zga tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining kre­postnoylik holati xususida” deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bo‘lib “soliq” atamasi ishlatil­gan, mulkiy sug‘urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Ros­siyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
A.Narыshkin 1767 yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” deb nomlangan maqolasida soliqlarga oid bir necha qiziqarli mulohazarlarni oldinga suradi, soliqlar va davlat o‘rta­sidagi bog‘liqlikni tahlil qiladi.
Rossiyada “moliya” atamasining paydo bo‘lishi XVIII asrga borib taqaladi. Bu atama rus tiliga fransuz tilidan kirib kelgan bo‘lib, qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “moliya” ilmiy tushunchasi 1767 yilda Moskva universiteti tomonidan nashr etilgan “Ensiklopediyadan tarjimalar” kitobining so‘zboshisida ishlatilgan. Bu er­da “moliya” tushunchasi “davlat daromadlariga tegishli bo‘lgan ish” deb talqin qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta Moskva universitetining huquq bo‘yicha professori S.Desnitskiy kiritgan.
A.Radiщev o‘zining “Jon yig‘imi xususida” deb nomlan­gan asarida birinchi marta soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan. Moliya to‘g‘risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan.
Moliya sohasidagi o‘ziga xos asarlarga graf Speranskiy-ning moliyaviy rejasini, moliya nazariyasi bo‘yicha birin-chi ruscha bo‘lgan I.Gorlovning darsligini, YU.Gagemays-ter, V.Kuri, D.Tolstoylarning moliyaning rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning davlat krediti to‘g‘risidagi ishlarini kiritish mumkin.
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya fanini chegaralab bergan. U birinchilardan bo‘lib, moliyaning pulli tabiatidan voz kechgan.
Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha oldinga ketgan va u moliya deyil­ganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tushungan.
XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.YAnjul, L.Xodskiy, S.Vitte va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini ri­vojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning moliya fani akade­mik I.YAnjulning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, moliya fanining predmeti davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi.
Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerov­ning xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondashuvni asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir.
L.Xodskiy moliya fanining chegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham kiritadi. 1882-1885 yillarda o‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr ettirgan Sankt-Peterburg universitetining pro­fessori V.Lebedev ham moliya nazariyasini rivojlan­tirishga munosib xizmat ko‘rsatgan. U moliyaning tarki­biga faqat pul daromad­larini kiritibgina qolmasdan, natural soliqlarni ham kiri­tadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX asrning boshlarida moliyaga oid M.Bogolepov, V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo bo‘ladi.
SHo‘rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishida V.Dyachenko, A.Aleksandrov, A.Birman, E.Voznesenskiy, V.Kolesnikov, V.CHantladze, B.Boldыrev, V.Rodionova, P.Nikolskiylar o‘ziga xos tarzda yondashganlar. Ularning asarlari hozirgi kunda o‘z talabiga ega bo‘lmasa-da, bizning fikrimizcha, keyingi yillar tadqiqotchilari uchun ular qiziqarli predmet bo‘lishi shubhasiz.
“Moliya” fanining rivojlanishida va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda o‘zbekistonlik moliyachi olim­larning ham munosib hissalari bor. Bu borada H.Sobirov, X.Muratov, H.Muxamednazarov, F.SHamsiddinov, Q.YAh’yoev, O.Olimjonov, T.Malikov, N.Haydarov, O.Iminov, A.Jo‘raev, M.Almardonov, N.Jumaev, N.Qo‘zieva, prof. SH.Toshmatov va boshqalarning qarashlari ham o‘z o‘rniga ega.
2. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
“Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda quyidagi ko‘rinishda ishlatiladi:
· maqsadli pul fondlarini shakllantirish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);
· biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufi­dagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
· moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida).
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir.
Lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansы” so‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda sinonimi hisoblanib, avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki “to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo‘ldi.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit­larni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifa­larini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markaz­lashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllanti­rish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarining faqrlanuvchi o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga
Davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari mar­kazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtiril­magan pul fondlari deyiladi
Moliyaning xususiyatli belgilari quyidagilardan iborat:
· munosabatlarning pulli xususiyati;
· munosabatlarning taqsimlash xususiyati;
· munosabatlarning fondlilik xususiyati.
Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil kiladi.
Pul aylanishining ikki xil turi mavjud:
· nakd pul aylanmasi;
· nakd pulsiz aylanmalar.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi-olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
YAlpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy vositalar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va fondlari hisoblanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: taqsimlash va nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug‘diruvchi ko‘pbosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:
1. moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;
2. moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
Moliyaning nazorat funksiyasi – bu ob’ektiv tarzda amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.
Moliya nazorat funksiyasining ob’ekti bo‘lib xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Nazorat funksiyasi vositasida esa, pul fondlarining shakllanishi jarayonlarini iqtisodiy qonuniyatlar, me’yorlar asosida amalga oshirishni nazorat qiladi.
Davlat, mahalliy hokimiyat organlari, xo‘jalik sub’ektlari, jismoniy shaxslar tasarrufidagi pul mablag‘lari majmuasi moliyaviy resurslar deb ataladi. Moliyaviy resurslar manbalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
· xo‘jalik sub’ektlari miqyosida: foyda, amortizatsiya fondi, qimmatli qog‘ozlar realizatsiyalari, bank kreditlari, foizlar, dividendlar;
· jismoniy shaxslar miqyosida: ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar, safar harajatlari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
· davlat va mahalliy hokimiyat organlari miqyosida: davlat unitar korxonalari foydasi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan daromadlar, soliq tushumlari, davlat krediti, pul emissiyasi.
Moliyaviy resurslarning manbalari quyidagilardan iboratdir:
· milliy daromad;
· tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushumlar;
· milliy boylikning bir qismi;
· qarzga olingan mablag‘lar.
Moliyaviy resurslarning elementlari quyidagilardan iborat:
foyda;
· turli soliqlar;
· sug‘urta tashkilotlari va kredit muassasalarining mablag‘lari;
· amortizatsya ajratmalari;
· tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushumlar;
· aholi fondlari.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda (tuzumlarda) moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
· har qanday ijtimoiy formatsiyaga (tuzumga) jamiyatning o‘z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
· har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada (tuzumda) moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi;
· ishlab chiqarishning yangi usuli xo‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal formatsiyalarda (tuzumlarda) natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo‘jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. SHunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;
· agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;
XX asr tajribasi ogohlantiradi (o‘qitadi, ta’lim beradi, tarbiyalaydi):
· aniq sinflarga bo‘lingan davlat mavjud bo‘lmaydi;
· turli ijtimoiy tuzilmaga ega bo‘lgan davlatlar bir tarixiy davrda bo‘lishi mumkin;
· bir ijtimoiy-tarixiy formatsiyadan (tuzumdan) ikkinchisiga o‘tish asrlar davomida sodir bo‘lishi mumkin;
· faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki moliyaning ham eksport qilinish ehtimoli mavjud.
Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanishi. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya va moliyaviy munosabatlarning xarakterli belgilari. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash. Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni. Moliyaiqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va kredit. Moliya va ish haqi. Moliya va soliq. Ularning o‘xshash va farqli jihatlari. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning o‘zaro bog‘liqligi.


Adabiyotlar:
1. Дон Патинкин. Деньги, процент и ценў. –М.: Экономика, 2004. – 375 стр.
2. Миляков Н.В. Финансў. Учебник. – М.: ИНФРА-М, 2004. – 543 стр.
3. Моляков Д.С., Шохин Е.И. Теория финансов предприятий. Учеб. пособ. – М.: ФиС, 2001. – 300 стр.
4. Свиридов О.Ю. Финансў, денежное обраҳение, кредит. Экспресс справочник для студ. вузов. –М.: ИКЦ Март, Ростов н/Д. изд. Центр Март, 2004. – 179 стр.
5. Финансў. Учебник под ред. В.В. Ковалёва. М.; 2004.
6. Деньги, кредит, банки. Учебник под ред. В.В. Иванова, Б.И. Соколова. М.; 2004.
Yüklə 32,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin