O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
TABIIY VA IQTISODIY FANLAR BLOK MODULI
BO`YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
O‘QUV DASTURI
(XI SINF)
KIMYO
Toshkent-2018
TUSHUNTIRISH XATI
Kimyo fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarga eng muhim kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, anorganik va organik moddalar orasidagi bog‘liqlik, ularning xilma-xilligi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.
Kimyo fanini o‘qitishning vazifasi: asosiy kimyoviy tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar asosida moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, ular orasidagi bog‘liqlik, ularning ahamiyati haqidagi bilimlar bilan tanishtirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog‘lash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;
kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’sirini bilish, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
kimyoviy moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda kimyo o‘quv xonasida ishlash xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va amal qilishga o‘rgatish;
buyuk allomalar va hozirgi kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kimyodan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Kimyo fani maolum izchillikda oddiydan murakkabga tamoyili asosida o’rganiladi. Kimyo fani o’quv dasturini tuzishda boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, biologiya, fizika fanlaridan olingan bilimlani umumlashtirilib, tabiat bilan dastlabki tanishuv davrida kimyoga oid tushunchalar berilishiga e`tibor qaratiladi. Jumladan: atrofimizdagi olamni o‘rgatishda suvning ahamiyati (I sinf), jism va moddalar, suvning uch agregat holati, havo va suvning hayot uchun zarurligi (II sinf), tabiatshunoslik fanini o‘rganish mobaynida suvning asosiy xususiyatlari, suvning muzlashi, qaynashi, muzning erishi, (III sinf), tabiat hodisalari, moddalarning aralashmalari, havo va uning tarkibi (kislorod, karbonat angidrid, azot) suv, suvning xossalari, suvning ahamiyati, foydali qazilmalar va metallurgiya (4-sinf) haqida dastlabki, eng sodda tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: |