?O’qish faoliyati motivlari nimalardan iborat? +Keng ijtimoiy motivlar bilan shaxsiy bilish motivlari, muvaffaqiyatga erishish, o’z qadr - qimmatini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy motivlarning murakkab tuzilishida;
?O’smirlar taraqqiyotidagi ijtimoiy vaziyatlarning asosiy o’zgarishlari nimalardan iborat? + O’smir va tengqurlari jamoasida o’z o’rnini egallashga intiladi;
?O’smirlarda o’z - o’zini anglashning rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat? + O’smirlar shaxsida egotsentrik (ichki) yo’nalishlar borgan sari kuchayib, o’z - o’zini ko’proq parvarish qila boradi;
? Ijtimoiy - psixologik holat bo’lgan o’spirinlik qanday ifodalanadi? + Bu - o’spirinning kattalar jamoasining to’liq a’zosi bo’lishga tayyorligini sub’yektiv boshdan kechirishi sifatida kattalik hissining vujudga kelish davri bo’lib, bu his mustaqillikka intilishida namoyon bo’ladi;
?O’spirinlik davrida vujudga keladigan yangi xususiyatlar nimalardan iborat? + Ularning o’qishga ongli munosabati; bu yosh davri boshdan kechiriladigan his - tuyg’ularning boyligi va turli - tumanligi bilan boshqalardan farq qiladi, hayotiy maqsad, baxt, burch, sevgi kabi falsafiy - axloqiy muammolarga qiziqish ortadi; o’z - o’zini anglash ham sifat jihatdan o’zgacha xarakter kasb eta boshlaydi;
?O’spirinlarning kasb tanlash muammosi va o’z - o’zini aniqlash qanday namoyon bo’ladi? +Maktab bitiruvchilarining ko’pchiligi u yoki bu darajada o’zlarining kelajaqlarini belgilab boradilar. Lekin ulardan ayrimlari o’z hayotiy yo`llarini aniqlay olmaydilar. kasbiy o’z - o’zini aniqlay olmaslik esa murakkab ichki nizolar, tanlagan kasbidan ko’ngli kolish kabilar bilan bog’liq jiddiy kechinmalarga olib kelishi mumkin;
?O’spirinlik davrida o’z - o’zining anglashning xususiyatlari nimalardan iborat? +Yuqori sinf o’quvchilarining o’z - o’zini anglashi sifat jihatdan tamoman boshqacha xarakterga ega. O’z - o’zini anglash shaxsning axloqiy-psixologik sifatlarini baholash va anglash ehtiyoji bilan bog`langan;