Eshitishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning diqqat va xotira xususiyatlari
Uchinchi va to‘rtinchi sinf kar va ommaviy maktab o‘quvchilariga tanish bo‘lgan predmet (uy, botinka, koptok) rasmlarini ko‘rib eslab qolish topshirig‘i berilgan rasmlar sodda va bo‘g‘inlash uchun yengil edi. Tadqiqot qo‘yidagicha amalga oshadi: tekshiriluvchi stol oldiga o‘tirgach, unga quyidagicha topshiriq beriladi – “Hozir men senga rasm ko‘rsataman. Uni diqqat bilan tomosha qil va eslab qol”. Rasmni stoldan olgach, uni xuddi tasvirlanganday chizasan. Diqqat. Kara va eslab qol. Tasvirlar stol ustiga quyib tekshiriluvchi uni bir sekund davomida tomosha qilib, so‘ng rasm stol ustidan olib qo‘yilgan va bola uni rasmini chizishga o‘tgan. U birinchi rasmni chizib bo‘lgach, unga ikkinchi rasm berilgan. Har bir tekshiriluvchiga uchta rasm berilgan.

O‘quvchilar idrok etilgan ob’ektlarni 6 kun, so‘ng 1 oydan keyin chizganlar, o‘quvchilarning bir guruhi 4 oydan so‘ng chizganlar. Predmet va ob’ektlarni grafik ifodalash bolalarda texnik qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Chizilgan rasmlar orginal rasmlardan quyidagilar bilan farqlangan:
ko‘rsatilgan rasmdan farqli ularda qo‘shilgan detallar mavjud;
ba’zi chizilgan rasmlarda predmetning ba’zi qismlari tushib qolgan;
ob’ekt originaldan o‘zgacha tasvirlangan (fazoviy aralashtirish);
ob’ektlar orginaldan farqli o‘zgacha hajmda tasvirlangan.