Eshitishida nuqsoni bor bolalarning talaffuzini shakllantirish


Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi tarixi. Surdopedagogika fani rivojlanishining asosiy rivojlanish bosqichlari



Yüklə 68,26 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü68,26 Kb.
#168324
1   2   3   4   5   6
3. ESHITISHIDA NUQSONI BOR BOLALARNING TALAFFUZINI SHAKLLANTIRISH

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi tarixi. Surdopedagogika fani rivojlanishining asosiy rivojlanish bosqichlari

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi uzoq tarixga ega. Progressiv surdopedagoglar kar bolalarni ilk yoshdan tarbiyalash, ular uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarni tashkil etish zarurligi haqida fikr bildirganlar. X1X asrda taniqli rus surdopedagog, surdopedagogika fanidan yaratilgan dastlabki asarlarning muallifi V.I.Fleri, kar bolalarni o’qitish va tarbiyalashni erta boshlash zarurligini e'tirof etgan. "Kar bolaning ilk tarbiyachisi- uning onasi , farzandiga mehr-muruvvatli, diqqat-e'tiborli va g’amxo’r bo’lib, rivojlanishini ta'minlaydi talaffuz etish va labdan o’qish malakalarini shakllantiradi-deydi olim. Kar bolalarning ta'limi qancha barvaqt boshlansa, uning rivojlanishida shuncha sezilarli yutuqlarga erishish, umumiy ta'lim olishi imkoniyat yaratish mumkin.
V.I.Fleri maktabgacha yoshdagi kar bolalarning so’zli nutqini o’stirish yuzasidan metodik ko’rsatmalar ishlab chiqqan hamda, eshitish qobiliyatining holatini hisobga olgan holda differensial yondashuvga amal qilishni taklif etgan. V.I.Flerining asarlarida kar bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatda bo’lish kerakligi, ilk yoshdanoq ularning so’zli nutqini rivojlantirish zarurligi e'tirof etilgan.
XIX asrning o’rtalarida Rossiyada ijtimoiy maktabgacha tarbiya tizimi rivojlanib kelayotgan bir paytda, ilqor pedagoglar anomal bolalar uchun ham maktabgacha tarbiya muassasalar ochishni taklif etadi. Biroq, bu g’oya keng jamoatchilik va xukumat tomonidan qo’llab- quvvatlanmadi. Aksariyat surdopedagoglar kar bolalarni ilk yoshdan onalaridan ajratib olishni shavqatsizlik deb hisoblagan. Bundan tashqari, maxsus maktablarda qo’llanilgan, kar bolalar nutqini o’stirish metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarga hos bo’lmagan onglilik va turqun diqqatni talab etganligi sababli, bunday bolalarga murakkablik qilgan.
Ilk bor jismoniy va psixik rivojlanishida turli kamchiliklari bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarni tashkil etish masalasi 1895-1896 yilda texnik va kasbiy ta'lim bo’yicha birinchi anjumanda muxokama etilgan. 1903 yilda ilmiy-pedagogik anjumanda Peterburgda kar-soqovlarni o’qitish va ularga muruvvat ko’rsatish masalalariga baqishlangan N.K.Patkanova va N.A.Raularning ma'ruzalari eshitildi. Ma'ruzalarda kar-soqov bolalar uchun ijtimoiy maktabgacha tarbiya muassasalarni tashkil etib, ta'lim-tarbiyani 3 yoshdan boshlash zarurligi isbotlanadi. Surdopedagoglar Ye.S.Borishpolskiy, O.Komir, N.K.Patkanova, N.A.Rau, F.A.Raular kar bolalar kamol topishini eshituvchi bolalar rivojlanishiga yaqinlashtirish maqsadida ilk yoshdan ularning og’zaki nutqini rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydilar. N.A.Rau Moskvada uning tashabbusi bilan ochilgan kar-soqov bolalar bog’chasida olib borilgan ish tajribasi bilan o’rtoqlashadi.
Keyinggi yillarda surdopedagoglar tashabbusi bilan Peterburg (1902y), Kiev (1904y),Aleksandrovsk (1909y),Tambov (1912 y)da maxsus bolalar boqchalari tashkil etiladi. Usha davrda maktabgacha tarbiya muassasalari xususiy ravishda tashkil etilib, bolalarning ota- onalari va homiylarning mablag’lari hisobiga faoliyat ko’rsatar edi. Bog’chada tarbiyalash uchun to’lov haqqi qimmat bo’lganligi sabali, u yerda o’ziga to’q ota-onalar farzandlari tarbiyalanar edi.
1915 yilda "Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarga meqr-muruvvat ko’rsatish" jamiyati ta'sis etiladi, uning vazifasi a'zolik badallar, hayr-eqson mablag’lari, hayriya konsertlardan tushgan pullar hisobidan maktabgacha ta'lim muassasalariga yordam ko’rsatishdan iborat bo’lgan.
Kar bolalar maktabgacha tarbiya muassassalarida ham, eshituvchi bolalar bog’chalarida qo’llaniladigan Frebel metodikasidan, ya'ni qo’l ishi: to’qish, mozaika yasash, qog’ozdan narsa yasash, qirqib yepishtirish, loy ishi va boshqa ishlardan qisman foydalanilgan.
1940 yillarda Ye.P.Musatova maxsus kar bolalar bog’chalarida so’zli nutqni o’stirishning dastlabki bosqichida , yozma nutqdan muloqot vositasi sifatida qo’llanilishini taklif etadi.E.P.Musatova kar bolalarning so’zli nutqini o’stirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqadi. E.P.Musatovaning metodikasi bo’yicha tovushlarni noto’qri talaffuz etish, so’zlarni qisqartirgan holda gapirish ta'qiqlangan, sensomotor rivojlanishini ta'minlash va nutqiy nafasni o’stirish maqsadida turli mashqlar tizimidan foydalaniladi. Ta'limning bosqichlariga mos holda, qo’yilgan tovushlarni hisobga olgan og’zaki nutq, labdan o’qish, yozma nutqda foydalaniladigan lug’at boyligi ishlab chiqildi. o’sha davrda maxsus maktablarda 3-sinfdan boshlab qo’llanib kelingan daktil nutqdan bolalar bog’chasida, savodi chiqmagan bolalarga ta'lim berishda foydalanish ta'qiqlangan.Surdopedagoglar fikricha, daktil nutqni erta kiritilishi, og’zaki nutqni egallanishiga to’sqinlik qilgan.
1940 yillarda Rossiya va ittifoq davlatlarda maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimi shakllanib, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarda bolalarni o’qitish va tarbiyalash maqsad va vazifalari ishlab chiqiladi. Surdopedagoglar oldida kar bolalarni jismoniy, aqliy, aqloqiy va estetik jihatdan tarbiyalash, mehnat ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, so’zli nutqning og’zaki va yozma shaklidan ta'lim berish va muloqot qilish hamda maktab ta'limiga tayorlash vositasi sifatida foydalanish vazifalari qo’yiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalar xodimlari pedagogik jarayonni "Bolalar bog’chasi tarbiyachisi uchun mo’ljallangan ko’rsatmalar" (1945 y) asosida takkil etganlar.
1950 yillarda umumiy yo’nalishdagi va maxsus bolalar bog’chalarida bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturini hamda yangi metod va usullarni yaratish sohasida ko’pgina tadqiqotlar olib boriladi. 1951 yilda maorif vazirligi tomonidan tasdiqlanagan "Maktabgacha tarbiya muassasalarda kar-soqovlar bilan ishlash bo’yicha" metodik ko’rsatmalar tasdiqlanadi. Mazkur xujjat maxsus bolalar bog’chalari uchun birinchi dastur bo’ldi. Ushbu davrda Rossiyada 15 ta maxsus bolalar bog’chalari ochilib, alohida surdopedagog shtat birligi belgilandi.
1960 yilda sobiq Sovet Ittifoqi Pedagogika fanlar akademiyasi maktabgacha tarbiya ilmiy tadqiqot instituti, 1961 yilda Defektologiya ilmiy tadqiqot instituti huzurida anomal bolalar maktabgacha tarbiyasi sektori tashkil etiladi. Uzoq davom etgan ilmiy tadqiqot va izlanishlar natijasida B.D.Korsunskaya rag’barligida "maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarni o’qitish va tarbiyalash"dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Dasturning harakatlarni rivojlantirish, o’yin, maishiy-xo’jalik malakalarni rivojlantirish, madaniy xulq-atvor malakalari, hisob, tasviriy faoliyat, qurish-yasash bo’yicha bo’limlariga asosiy talablar belgilanadi.
B.D.Korsunskaya raxbarligida ishlab chiqilgan kar bolalarni o’qitish va tarbiyalash tizimining mohiyati tarbiyalanuvchilarning o’yin, mehnat, o’quv, maishiy xo’jalik faoliyatlarida ularning nutqini o’stirish zarurligida ifodalanadi.
Kar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda B.D.Korsunskaya to’rta tamoyilni ilgari suradi: o’ nutqni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishning barcha bosqichlarida nutqning leksik va grammatik jihatlariga e'tibor berish.
o’ Analitik o’qishga erta o’rgatish zarurati;
o’ Tarbiyachining so’zlab berishi va suhbatini kar bolalarni har tomonlama rivojlantirish vositasi qo’llanilishi;
Ta'limning dastlabki davridan boshlab nutqning daktil shaklidan so’zli nutqni egallash vositasida qo’llash qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida bolalarning so’zlashuv nutqi shakllantiriladi. F.F.Rau, N.F.Slezina 13 ta asosiy tovushlarni ta'limning 1-2 yillarida qo’yishni tasviya etadilar, bu tovushlar negizida 3-4 yillarda qolgan tovushlar o’zlashtirilib, maktab yoshida bu ish yakunlanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarda maktablardagidek, og’zaki nutqni o’stirishda polisensor konsentrik, analitik-sintetik metoddan foydalaniladi. Surdotexnika va audiologiya sohasida eritilgan yutuqlar eshitish qobiliyati buzilgan bolalarning og’zaki nutqini o’stirish va eshitish qobiliyatini rivojlantirish metodikalariga sezilarli o’zgartirishlarni kiritadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning eshituv imkoniyatlarini ekspe rimental tekshirish natijalari asosida Pedagogika fanlar Akademiyasining defektologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan eshitish qobiliyatini rivojlantirish dasturi va metodikasi ishlab chiqiladi. Ovozni kuchaytiruvchi apparatlardan foydalangan holda eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan izchil ish bolalarni o’qitish jarayonini takomillashtiradi. Talaffuzga o’rgatishda dastlabki nutqiy birlik- so’z bo’lib qoladi.
1976-1992 yillarda Defektologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan "Maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarni o’qitish va tarbiyalash dastur"larining loyiqalari ishlab chiqilib, amaliyot jarayonida tasdiqlanadi.
Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturlari, maktabgacha tarbiyaning umumiy tamoyillariga asoslangan holda , bolalarni kamol toptirish, defektlarni korreksiyalashga yo’naltiriladi.
Dastur quyidagi tamoyillarga asoslanib tuzilgan:
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar va psixik rivojlanishidagi senzitiv davrlarni hisobga olish.
Kar bolalarning yosh va psixofizik imkoniyatlarini o’rganish, ularning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, eshituvchi tengdoshlari sodir bo’lgan narsalarga o’rgatib borish.
Korreksion-tarbiyaviy ishni nuqson tuzilishi hamda bolalarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borish.
Ta'lim jarayoniga amaliy yondashuvni qo’llash, ya'ni tarbiyaviy, o’quv va korreksion ishlarni bolalarning asosiy faoliyatlari jarayonida olib borish.
Barcha mashg’ulotlarda va kun davomida bolalarning eshituv qoldiqlaridan keng foydalanish, jamoa bo’lib va alohida alohida ishlatiladigan ovozni kuchaytiruvchi moslamalardan foydalanish.
Dasturning barcha bo’limlarida berilgan o’quv materialni mavzular bo’yicha ajratib, butun ta'lim jarayonida o’rganib borish. Bolalarning turli faoliyatlarida bir hil nutqiy vositalarini tanlash.
Atrofdagi borliq to’g’risidagi taassurotlarni uch usul , ya'ni harakat, tasvirlab berish, nutq vositasida ifodalash; So’zli nutqning og’zaki, yozma, daktil shaklidan ta'limning bosqichiga qarab turli nisbiy miqdorda qo’llash.
Maktabgacha tarbiya muassasasi, oila va maktab o’rtasida uzviy aloqani o’rnatish.
1992 yilda ishlab chiqilgan dasturlar quyidagi tuzilishga ega:
Jismoniy tarbiya
Mehnat
O’yin
Taviriy faoliyat va qurish-yasash
Tevarak atrof bilan tanishtirish
Nutq o’stirish
Eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o’rgatish.
Oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish
Musiqa tarbiyasi.
Dasturdagi material sistemaga solingan bo’lib, choraklar bo’yicha ajratilgan. Dastur talablarining bajarilishi bolalarning jismoniy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyalarini amalga oshirilishini ta'minlaydi. Dasturga muvofiq barcha ta'lim yillarda tarbiyachi va surdopedagog bolalarni ikki guruhga ajratgan holda uyg’unlikda olib borilishi nazarda tutiladi. Bunda bolalar korreksion ta'limini tashkil etishda aloqida va differensial yendashuvga amal qilish imkoniyati yaratiladi. Dasturlar maxsus bolalar bog’chalari, bolalar uylari, umumiy yo’nalishdagi bolalar bog’chalari qoshidagi guruhlar va boshqa sharoitlarda kar va zaif eshituvchi bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishni 5 yil davomida olib borish uchun mo’ljallangan.
Maktab-internatlar huzuridagi maktabgacha tarbiya guruhlarda olib borilayotgan ishlar chuqur o’rganilib, L.P.Noskova raxbarligida "Kar bolalar maktabi quzridagi maktabgacha guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi" ishlab chiqiladi. Maktabgacha bo’limlar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha quyidagi yo’llar belgilanadi:
Jamoatchilik asosida tashkil etilgan va bolalar muloqotini ta'minlaydigan predmet amaliy faoliyatni keng qo’llash.
Tarbiyalanuvchilarni muloqot vositasi sifatida ona tiliga o’rgatishda daktil nutqdan keng foydalanish.
Labdan o’qishni yaxshilash, bolalar sensor rivojlanishini boyitish maqsadida, eshituv qobiliyatidan foydalanish, eshituv qobiliyati va to’qri talaffuzni shakllantirib borish.
Dastur 5-6 yoshli bolalarni ikki yil davomida o’qitishga qaratilgan bo’lib quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Kar bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish va nuqsonni kompensasiyalash hisobiga umimiy rivojlanish saviyasini ko’tarish.
Bolalarni kar bolalar maktabining birinchi sinfida o’qishga tayorlash.
Maktabgacha guruhlar dasturi umumiy didaktik va va maxsus tamoyillar asosida tuzilgan bo’lib, kar bolalarning jismoniy, aqliy, ahloqiy, meqnat va estetik tarbiyasini ta'minlovchi tasavvur, bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dastur quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
Jismoniy tarbiya
o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish va madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish
o’yin
Tevarak atrof bilan tanishtirish va tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish.
Predmet amaliy ta'lim va tasviriy faoliyat.
So’zli nutqni shakllantirish
Eshitish qobiliyatinii rivojlantirish va talaffuz .
Matematik tasavvurlarni shakllantirish.
Dastur bo’limlarining o’rtasida uzviylik o’rnatilib, o’rganilayotgan material ko’p takrorlanib boradi. Maktabgacha guruhlarda predmet amaliy ta'lim va tasviriy faoliyat yetakchi bo’lim hisoblanib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi va nutqining muloqot vositasida shakllaniiishiga qizmat qiladi.
Dasturda bolalar nutqini o’stirishga amaliy yondashuv tatbiq etiladi. Ya'ni, bolalarning nutqi turli faoliyatlari jarayonida hamda nutqiy faoliyatning har xil turlari: gapirish, yozuv, daktillash, eshitish, eshitib ko’rishdan keng foydalangan holda rivojlantiriladi. Shunday qilib, surdopedagogikaning rivojlanish tarixida ta'lim berish dasturlari va o’qitish metodikalarning takomillashtirilishini kuzatish mumkin.


Yüklə 68,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin