Eshitishida nuqsoni bor bolalarning talaffuzini shakllantirish



Yüklə 68,26 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü68,26 Kb.
#168324
  1   2   3   4   5   6
3. ESHITISHIDA NUQSONI BOR BOLALARNING TALAFFUZINI SHAKLLANTIRISH


ESHITISHIDA NUQSONI BOR BOLALARNING TALAFFUZINI SHAKLLANTIRISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. KAR O‘QUVLARNING TALAFFUZGA O‘RGATISH TIZIMINING PEDAGOGIK TAVSIFNOMASI

    1. Kar o‘quvchilarni talaffuzga o‘rgatishning nazariy asoslari.

    2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi tarixi. Surdopedagogika fani rivojlanishining asosiy rivojlanish bosqichlari

II BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI TALAFFUZGA O‘RGATISH TA’LIMI
2.1. Talaffuzga o ‘rgatishning mazmuni va ahamiyati
2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishni erta boshlashning ahamiyati juda katta. Maktabgacha yosh davri – inson hayotida muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi davr. Bu davrda asosiy odatlar, ko‘nikmalar shakllanadi, хarakter belgilanadi, ya’ni butun keyingi hayot asoslari quriladi. Shu bilan birga, surdopedagogika tarixida tug‘ma eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar rivojlanishning juda yuqori darajasiga erishgan, eshitadiganlar bilan erkin muloqot qilgan va hatto chet tillarni o‘rganganiga misollar ko‘plab topiladi.bu mo‘jiza emas edi. Har kunlik, har soatlik mehnat, iroda, muvaffaqiyatga ishonch hamda ota-onalar, pedagoglar namoyon qilgan chidam, muloyimlik, ko‘p marta ortiq mas’uliyat hissi va muhabbat bu kishilarga shunchalik ko‘p narsaga erishish imkonini berdi.
Tug‘ma eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar hatto maxsus ta’lim olmasdan ham, savodsiz yoki ma’lumoti past bo‘la turib ham, turli mehnat ko‘nikmalarini egallaganlariga ham misollar ko‘plab topiladi. Ularning ko‘pchiligi turli korxonalarda mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan, davlat mukofotlariga loyiq topilgan. Oliy ma’lumot olgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar: muhandislar, o‘qituvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar bor.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilarning yuqori darajada aqliy rivojlanishi holatlari tahlili ko‘rsatadiki, deyarli hamma vaqt bu ta’limni erta boshlashning natijasidir. Eshitadigan va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishining umumiy yo‘nalishlari mos kelsa-da, kar va zaif eshituvchi bolalarni maxsus maktabda tarbiyalash talab qilinadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar qator xususiyatlarga ega.
Ularda:
- ko‘rish idroki nuqtai nazaridan yetarlicha rivojlanmaganlik, jumladan, predmetlarni idrok etish va tanib olish tezligi past ekani;
- taqlidning sekin rivojlanishi, shuningdek namuna bo‘yicha tanlashda qiyinchiliklar;
- nutqning mavjud emasligi va nutqqacha muloqot defitsiti kuzatiladi.
Yuqorida sanab o‘tilganlar bilish faoliyati va so‘z-mantiqiy tafakkurning rivojlanishida orqada qolishga sabab bo‘ladi.
Aynan shu sababli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning aqliy tarbiyasiga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tarbiyasining bir qator vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Atrof olam haqida tasavvur va tushunchalarni shakllantirish.
2. Bilish psixologik jarayonlarini rivojlantirish.
3. Intellektual faoliyatning birlamchi usullarini shakllantirish.
4. Og‘zaki nutqni shakllantirish.
Sanab o‘tilgan vazifalarning barchasi o‘yin, maxsus o‘qitish va mehnat jarayonida amalga oshirilishi kerak. Tarbiyani erta boshlashning ahamiyati haqida ko‘plab faylasuf va olimlar fikr bildirgan. Psixologlar tadqiqotlari ham hayotining ilk kunlaridan maqsadga yo‘naltirilgan, ya’ni maxsus tashkil etilgan tarbiya insonning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etishini isbotlamoqda.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun hissiy sohaning rivojlanish xususiyatlari muammosi alohida ahamiyatga ega. Nuqsoni bo’lgan bolalarda nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi, bilimlarning kamligi, shuningdek, boshqalar bilan cheklangan muloqot shaxsning rivojlanish jarayoniga to’sqinlik qiladi. Bunday bolalarda o’zlarining his-tuyg’ularini tan olish va tasvirlash, shuningdek, hissiy holatini ifodalash ko’nikmalari yetarli darajada shakllanmagan. Eshitishda nuqson bo’lishi bolalarda nevrotik komplekslarni shakillntiradi, bu esa shaxsiyat rivojlanishida og’ishlarga olib keladi. Jumladan bolaning turmush tarzini o’zgartiradi, uni tashvishli, ishonchsiz, uyg’un va tarang qiladi, shuningdek bolalar guruhida nizolar paydo bo’lishi, giperaktivlik, uyatchanlik, tajovuzkorlik, izolyatsiyaga olib keladigan shaxsiy muammolarni vujudga keltirishi mumkin.

Yüklə 68,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin